Get Mystery Box with random crypto!

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Topics from channel:
Oнлайн
Onlayn
Soliqchi
Маркировка
Встреча
Uchrashuv
Avtokameral
All tags
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Topics from channel:
Oнлайн
Onlayn
Soliqchi
Маркировка
Встреча
Uchrashuv
Avtokameral
All tags
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.15K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 302

2021-09-09 17:46:39
#soliq_hisobotlari #soliq_imtiyozlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2021-yildagi PQ-5232-son qaroriga asosan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab, 2021-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilindi.

Imtiyozlardan foydalanish uchun yer solig‘i hisob-kitobi va mol-mulk solig‘i joriy to‘lovi ma’lumotnomasida soliq imtiyozini qo‘llagan holda 2021-yil uchun aniqlashtirilgan qayta hisobot (ma’lumotnoma) taqdim etishlari kerakligi haqida soliq to'lovchilar shaxsiy kabinetlariga xabarnoma jo'natildi.

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan qo‘llanmalar quyidagi havolalarda

yer solig‘i hisob-kitobi
mol-mulk solig‘i joriy to‘lovi ma’lumotnomasi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
5.4K views14:46
Open / Comment
2021-09-09 10:28:14 Айни дақиқаларда Халқаро конгресс марказида Ўзбекистон Либерал-демократик партиясининг X съезди бўлиб ўтмоқда.

Унда Шавкат Мирзиёев Янги Ўзбекистон стратегиясининг асосий йўналишлари бўйича қилган маърузаси давомида 2026 йил якунигача камбағалликни камида 2 баробар қисқартириш учун қилиниши лозим бўлган ишлар ҳақида қуйидагиларни таъкидлади:

Тадбиркорликни янада қўллаб-қувватлашга алоҳида эътибор қаратилади. Бизнес соҳасига имкониятларни кенгайтириш, солиқ турлари ва унинг юкини камайтириш бўйича тизимли ишларимизни изчил давом эттирилади.

2020 йилда қўшилган қиймат солиғи ставкасини 20 фоиздан 15 фоизга туширган эдик. Энди, зарур тайёргарлик ишларини кўрган ҳолда 2023 йилдан бошлаб ушбу солиқ ставкасини 15 фоиздан 12 фоизга туширилади.

Келгуси йили корхоналарнинг мол-мулк солиғи ставкаси 2 фоиздан 1,5 фоизга камайтирилади.

2023 йилдан юридик шахсларнинг мол-мулк ва ер солиқларини бирлаштириб, ягона кўчмас мулк солиғи жорий қилинади.

Ҳозирги вақтда банк, молия, телекоммуникация каби тадбиркорлик йўналишларида фойда солиғи ставкаси ҳар хил бўлиб, улар амалдаги 20 фоиздан 15 фоизга туширилади ва барча тадбиркорлар учун бир хил бўлади.

Туман ва шаҳарлардаги мавжуд бир нечта тадбиркорликка кўмаклашадиган тузилмалар негизида Тадбиркорлар кенгаши ташкил этилади.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.8K views07:28
Open / Comment
2021-09-09 07:17:22
#soliq_taqvimi

Eslatma 2021-yil 9-sentabr
sentabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
____________
#календарь_налогоплательщика

Напоминаем 9 сентября 2021 года крайний срок:
за сентябрь:

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога;
(часть первая статьи 432 Налогового кодекса)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.7K views04:17
Open / Comment
2021-09-08 16:20:06
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tuzilma biznes vakillarini soliq organlariga yanada yaqinlashtirmoqda

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida taʼkidlanganidek, keyingi yillarda tadbirkorlar iqtisodiyotimiz va islohotlarimiz tayanchiga hamda lokomotiviga aylandi. Bunga albatta ko‘pgina sohalar qatori soliq maʼmuriyatchiligida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar natijasida erishildi.

Xususan, 2021 yilda ilgari soliq organlari tarkibida mavjud bo‘lmagan uch pog‘onada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tuzilmalar tashkil etildi. Natijada soliqchi tadbirkorning yaqin maslahatchisiga aylanib, biznes vakillariga ko‘pgina masalalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
5.1K views13:20
Open / Comment
2021-09-08 12:24:59 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha choralar belgilandi

Mamlakatimiz Prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida (20.08.2021-y.) eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish borasida aniq va asosli yechimlar taklif etgan edi.

Muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonga muvofiq tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu Farmon kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi 2021-yil 31-dekabrga qadar to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni

“Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”

“Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”

“Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
qarorlari qabul qilingan edi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
8.0K views09:24
Open / Comment
2021-09-08 12:24:59
7.2K views09:24
Open / Comment
2021-09-08 08:18:33
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident farmoniga sharh

Davlatimiz rahbari 7-sentabr kuni “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatda nazarda tutilgan chora-tadbirlar sharhi "Axborot 24" dasturida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.5K views05:18
Open / Comment
2021-09-07 20:28:09 #qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. (7.09.2021-y.)

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan:
kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

2022-yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati DSBda hisobda turgan soliq to‘lovchilarning QQS, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.

Eksperiment doirasida:
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i – Kadastr agentligi organlari maʼlumotlari asosida;
QQS, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq – EHF va onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa maʼlumotlar asosida hisoblablanadi va hisoboti shakllantiradi;
soliq hisoboti tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi;
soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotini 5 kun ichida tasdiqlaydi yoki rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va o‘rnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.

2022-yil 1-yanvarga qadar soliq to‘lovchilarga QQS, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish obyekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa obyektlarni EHFda aks ettirish imkoniyati yaratiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
13.5K viewsedited  17:28
Open / Comment
2021-09-07 16:44:42
#infografika

Murojaatlar bilan ishlash soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning muhim omili

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi bilan chambarchas bog‘liq.

Shu bois, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sohaga oid bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar soni 23 462 tani tashkil etmoqda.
Shundan:
1 572 tasi yozma;
19 182 tasi elektron;
2 708 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.5K views13:44
Open / Comment
2021-09-07 08:10:53
#mahallabay #4_sektor

Bunyodkorlik maydoniga aylanayotgan Yunusobod

Poytaxtimizning Yunusobod tumanini yanada rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududda Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi faoliyat yuritmoqda.

Maxsus shtab tomonidan ayni paytda 16 ta mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.8K views05:10
Open / Comment