Get Mystery Box with random crypto!

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.20K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 305

2021-08-24 16:57:46 #e_aktiv

“E-aktiv (E-ombor)” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron tizimi yaratildi

Davlat soliq qo‘mitasi “E-aktiv (E-ombor)” – tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron axborot tizimini sinovdan o‘tkazmoqda.

Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-5171-son 2.07.2021 y.) bilan 2021-yil 2-sentabrdan 24 ta korporativ va 7 ta budjet buyurtmachilari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tadi.

“E-aktiv (E-ombor)” axborot tizimi tadbirkorlik subyektiga mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish imkonini beradi.
Shuningdek, tizimda tovarlar uchun bir yoki bir nechta ombor yaratish, “tovarlar kirimi” va “tovarlar chiqimi” bo‘limlari orqali ularni ombordan omborga olib o‘tish mumkin.

“E-aktiv (E-ombor)”
tizimining EHF tizimiga integratsiya qilinganligi tadbirkorlik subyektlari tomonidan kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yadi.
Realizatsiya jarayonida EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiqligini hamda barcha shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

“E-aktiv (E-ombor)” –
tovarlar realizatsiyasi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
19.8K viewsedited  13:57
Open / Comment
2021-08-24 12:26:42 #yutuqli_oyinlar
#8tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi g‘oliblari Qoraqalpog‘istonda aniqlanadi!

Yutuqli chek o‘yinlarinng navbatdagi VIII tiraji 26-avgust kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinni soat 22:00da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirda tomosha qiling.

Diqqat VIII tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 25-avgust kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

26-avgust 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar IX tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – Chevrolet Spark avtomobili yutib olish imkoniyatiga ega boling.
_________________________
#призовые_игры

Очередных победителей призовых чековых игр определят в Каракалпакстане

VII тираж чековых игр состоится 26 августа в городе Нукус.

Смотрите прямой эфир розыгрыша в 22:00 на телеканале "O'zbekiston".

Внимание регистрация чеков для VIII тиража завершается 25 августа (в 23:59:59).

Чеки, зарегистрированные с 00:00 часов 26 августа, принимают участие в IX тираже.

Торопитесь! Сканируйте QR-код чеков в одном из мобильных приложений Soliq, Payme или Click либо отправляйте 12-тизначный фискальный признак чека (ФП/FB) на номер 1077 в форме SMS-сообщения.

У вас есть шанс выиграть 25 ценных призов, в том числе, автомобиль Chevrolet Spark.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
10.5K views09:26
Open / Comment
2021-08-24 12:26:42
9.4K views09:26
Open / Comment
2021-08-24 10:53:02
#infografika
9.4K views07:53
Open / Comment
2021-08-23 17:45:01 #коррупцияга_қарши_курашиш

Давлат солиқ қўмитаси коррупцияга қарши курашиш бўйича “ISO37001:2016“ халқаро сертификатини қўлга киритди

Кейинги йилларда солиқ соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, жумладан, солиқ органларини хизмат кўрсатиш йўналишига трансформация қилиш, соҳага рақамли технологияларни кенг жалб этиш натижасида инсон омилини чеклаб, коррупция ҳолатларига барҳам бериш борасида самарали ишлар олиб борилмоқда.

Соҳада коррупцияга қарши курашиш механизми ва фаолият шаффофлигини таъминлашга қаратилган чора-тадбирларнинг тизимли равишда йўлга қўйилганлиги “CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти аудиторлари хулосасида ҳам қайд этилди.

“CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти томонидан бир йил давомида Давлат солиқ қўмитаси фаолиятининг ISO37001:2016 халқаро стандарт талабларига мувофиқлиги бўйича аудит ўтказилди. Унда халқаро стандартлар бўйича аниқланган номувофиқликларни бартараф этиш ва коррупцияга қарши курашиш тизимини такомиллаштириш юзасидан тавсиялар берилди.

Қўмита марказий аппарати 14 та тузилмасининг “ISO37001:2016 коррупцияга қарши курашиш менежмент тизими” бўйича ички идоравий ҳужжатлари таҳлил қилиниб, раҳбар ва масъул ходимлар билан суҳбатлар ўтказилди.

Шунга асосан, Давлат солиқ қўмитаси марказий аппарати ходимлари томонидан қисқа муддат ичида коррупцияга қарши курашиш механизмлари халқаро стандартларга тўла мослаштирилди.

Аудиторлар Давлат солиқ қўмитасида “ISO37001:2016 коррупцияга қарши курашиш менежмент тизими”, хусусан, коррупцияга қарши курашиш механизми яхши йўлга қўйилганлиги, раҳбар ва масъул ходимлар ўз хизмат вазифасига жиддий ёндашишини қайд этди.

Аудит якуний натижалари бўйича ўтказилган йиғилишда Давлат солиқ қўмитасига ISO37001:2016 халқаро стандарти бўйича сертификат берилишини маълум қилди.

Бугун, 23 август куни “CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти томонидан Давлат солиқ қўмитасига ISO37001:2016 халқаро стандарти бўйича сертификати топширилди.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.4K views14:45
Open / Comment
2021-08-23 17:45:01
8.6K views14:45
Open / Comment
2021-08-23 09:04:24
#blits_intervyu

SAVOL: Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddatlarini bilasizmi?

Soliqlarni uydan chiqmagan holda Soliq, Payme, Click mobil ilovalari orqali to‘lashingiz mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
13.7K views06:04
Open / Comment
2021-08-23 07:48:47
#soliq_taqvimi

Eslatma 2021-yil 23-avgust

iyul oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd. so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi ikkinchi qismi).
______________
#календарь_налогоплательщика

Напоминаем 23 августа 2021 года крайний срок

за июль
:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает пять миллиардов сумов.
(часть вторая статьи 340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
11.9K views04:48
Open / Comment
2021-08-22 15:05:36
Hamdardlik

Bugun, 22-avgust kuni Oliy Majlis Senati aʼzosi Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.

Topiboldi Xoldorov Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U kishi mamlakatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi faol ishtiroki bilan keng jamoatchilik xotirasida chuqur iz qoldirib ketdi.

Davlat soliq xizmati organlari jamoasi marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
_____________
Ҳамдардлик

Бугун, 22 август куни Олий Мажлис Сенати аъзоси Топиболди Холдоров 79 ёшида вафот этди.

Топиболди Холдоров Фарғона вилояти Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бошқармаси бошлиғи ўринбосари лавозимида ишлаб келаётган эди.

У киши мамлакатимизда ижтимоий-маънавий муҳитни соғломлаштиришдаги фаол иштироки билан кенг жамоатчилик хотирасида чуқур из қолдириб кетди.

Давлат солиқ хизмати органлари жамоаси марҳумнинг оила аъзоларига чуқур ҳамдардлик билдиради.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
3.0K views12:05
Open / Comment
2021-08-22 15:03:40 Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal pinned «Hurmatli soliq to‘lovchilar! Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlarni ko‘rsatish va axborot tizimlari hajmini kengaytish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.…»
12:03
Open / Comment