Get Mystery Box with random crypto!

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.20K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 306

2021-08-21 19:01:14 Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlarni ko‘rsatish va axborot tizimlari hajmini kengaytish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Ma'lumotlarni yangi serverlarga ko‘chirish munosabati bilan joriy yil 21-avgust soat 21:00 dan elektron soliq xizmatlari o‘chirildi.

23-avgust soat 08:00dan boshlab elektron soliq xizmatlari ko‘rsatish odatdagi tartibda davom ettiriladi
.
__________________

Уважаемые налогоплательщики!

В целях улучшения оказания электронных услуг налогоплательщикам и оптимизации информационных систем осуществляются работы по модернизации Центра обработки данных Государственного налогового комитета.

В связи с переносом данных на новый ЦОД с 21:00 часов 21 августа электронные налоговые услуги отключены.

С 8:00 23 августа работа электронных услуг будет продолжена в штатном режиме.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
16.1K views16:01
Open / Comment
2021-08-21 17:32:44
#dayjest

"SOLIQ VAQTI" da sohada ro‘y bergan yangiliklarning qisqacha sharhi

Davlatimiz rahbari tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

DSQ rahbariyatining aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

DSQning navbatdagi onlayn seminar-treningi

21-avgust soat 21:00 dan 23-avgust soat 08:00 gacha ayrim elektron soliq xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin

Buxoro viloyati DSB boshlig‘i tayinlandi

Umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari faol ishtirok etdi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
8.9K views14:32
Open / Comment
2021-08-21 16:22:47 #Onlayn_NKM

Onlayn-kassa texnikasini tanlash tadbirkorning ixtiyoriy va mustaqil qarori

Keyingi kunlarda turli bosma va elektron nashrlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn nazorat-kassa texnikalari narxlari qimmatligi haqida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlar tez-tez uchramoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu mazmundagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirda tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan jami 16 turdagi onlayn-NKM va 16 ta virtual kassa dasturiy mahsullaridan foydalanishlari mumkin.

Mazkur qurilma va dasturiy mahsullarni o‘rnatish hamda foydalanishga ko‘maklashish bo‘yicha 26 ta Texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xizmat ko‘rsatmoqda.

Ushbu zamonaviy onlayn-kassa texnikalari bozor talablari asosida erkin savdoga chiqarilgan. Ularning narxlari bevosita yetkazib beruvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bugungi kunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKMlar o‘rtacha 1,7 mln. so‘mdan 3,5 mln. so‘mgacha, virtual kassalar esa 500 ming so‘mdan 3,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan narxlarda isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa V 2.02” nomli virtual kassa dasturiy mahsuloti xo‘jalik subyektlariga bepul taqdim etilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalarning narxi hamda texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib mustaqil ravishda sotib olish, TXKMlarni ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Onlayn-kassa texnikalarining narxlarini belgilashda, sotish yoki sotib olishda, shuningdek TXKM va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda davlat soliq xizmati organlari ishtirok etmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
8.3K views13:22
Open / Comment
2021-08-21 10:29:36
9.0K views07:29
Open / Comment
2021-08-21 10:29:36
8.6K views07:29
Open / Comment
2021-08-21 10:29:02 #hashar

Davlat soliq xizmati xodimlari umumxalq xayriya hasharida

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik yurtimizning yana-da ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.

Bugun mamlakatimizda mustaqilligimizning 30 yilligini munosib kutib olish va nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek mahallalar, aholi turar joylari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi. Unda barcha davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etdi.

Xususan, davlat soliq xizmati organlari xodimlari ham ushbu umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida ishtirok etdi.

Hasharda qo‘mita markaziiy apparati joylashgan bino va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi.

Bundan tashqari, qo‘mita binosiga yondosh hududda joylashgan xiyobonda ham tozalash ishlari tashkil etildi. Xiyobonni o‘rab turgan panjaralar atrofi chiqindilardan tozalandi, yo‘laklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Ushbu umumxalq xayriya hasharida Vatanimiz ravnaqi, uni yana-da obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
8.8K viewsedited  07:29
Open / Comment
2021-08-20 19:46:50 Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal pinned «Hurmatli soliq to‘lovchilar! Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlarni ko‘rsatish va axborot tizimlari hajmini kengaytish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.…»
16:46
Open / Comment
2021-08-20 14:10:37 Мамлакатимиз Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан тадбиркорлар ва ишбилармонларни қўллаб-қувватлаш бўйича берилган таклифлари натижасида:

Норуда қазилмаларга ер қаъридан фойдаланганлик учун солиқ ставкаси 2 баробарга камайтирилиши ҳисобига 1,5 мингга яқин корхоналар ихтиёрида йилига 500 миллиард сўм маблағ қолади.

Йил якунига қадар ер ва мулк солиғидан озод қилиниши натижасида 13 мингта умумий овқатланиш корхонаси 30 миллиард сўм маблағ тежаб қолади. Уларнинг бошқа солиқлардан 34 миллиард сўм қарзлари муддатлари ҳам йил якунигача узайтирилади.

“Махсус иқтисодий зоналар тўғрисида”ги қонун қабул қилингунга қадар иқтисодий зоналарда рўйхатдан ўтган тадбиркорларга, берилган имтиёзлар сақланиб қолади. Ушбу тадбиркорлар инвестиция миқдоридан келиб чиқиб, мол-мулк, ер ва сув солиқларидан 10 йилгача озод қилинган эди.

Энди, ушбу имтиёзларга фойда солиғи ҳам қўшилади ва корхоналар ихтиёрида йилига ўртача 270 миллиард сўм маблағ қолади.

Батафсил: https://soliq.uz/press-services/news/show/prezident-soliq-tizimini-takomillashtirish-biznesga-soliq-yukini-kamaytirish-yuzasidan-oz-takliflarini-berdi---

Очиқ мулоқот давом этмоқда.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.8K viewsedited  11:10
Open / Comment
2021-08-20 13:28:28 Айни дақиқаларда Мамлакатимиз Президенти Шавкат Мирзиёевнинг тадбиркорлар ва ишбилармонлар билан очиқ мулоқоти бўлиб ўтмоқда.

Мулоқот давомида солиқ тизимини такомиллаштириш, бизнесга солиқ юкини имкон қадар камайтириш масалаларига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Хусусан, Президентимиз солиқ ставкалари ва солиқ маъмурчилиги бўйича тадбиркорлар томонидан кўтарилаётган масалалар бўйича тегишли топшириқлар берди:

Биринчидан,“Махсус иқтисодий зоналар тўғрисида”ги қонун қабул қилингунга қадар иқтисодий зоналарда рўйхатдан ўтган тадбиркорларга, берилган имтиёзлар сақланиб қолиниши;

Иккинчидан, норуда қазилмаларга (қум-шағал, оҳактош, гипс, доломит каби) ер қаъридан фойдаланганлик учун солиқ ставкаси 2 баробарга камайтирилиши;

Учинчидан, жами 13 мингта умумий овқатланиш корхонасини йил якунига қадар ер ва мулк солиғидан озод қилиш;

Тўртинчидан, ташқи савдо операциялари бўйича дебитор қарздорлиги бор тадбиркорларга жарима солиш ва бугунги кунгача қўлланган жарималарни ундириш жорий йил якунига қадар тўхтатиш;

Бешинчидан, 1 январдан бошлаб, солиқ идоралари ўз электрон дастурлари орқали, бизнес субъектларига ҳисоботларини шакллантириш хизматини йўлга қўйиш;
- ҳисоботларни кечиктириб топшириш билан боғлиқ молиявий санкцияларни қўллаш тартиби бекор қилиш;

Олтинчидан, қўшилган қиймат солиғини ҳисобга олишда солиқ ва божхона идораларининг электрон базалари бирлаштириш ва буни натижасида келгуси йилдан қўшилган қиймат солиғини қайтаришни, қўшимча ҳужжатсиз амалга ошириш тартибини жорий этиш.

Очиқ мулоқот давом этмоқда.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
11.7K viewsedited  10:28
Open / Comment
2021-08-20 13:28:17
9.1K views10:28
Open / Comment