Get Mystery Box with random crypto!

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Topics from channel:
Qabul
Handbook
Eri
Эцп
Ттн
Tty
Сотрудничество
Hamkorlik
Onlayn
All tags
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Topics from channel:
Qabul
Handbook
Eri
Эцп
Ттн
Tty
Сотрудничество
Hamkorlik
Onlayn
All tags
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.20K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 308

2021-08-18 08:19:57
#soliqchi_komakchi

QQS qaytarish – tadbirkorlik rivoji uchun

Urganch shahridagi plastik quvurlar ishlab chiqaruvchi korxonaga 350 mln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ining qaytarilishi natijasida tadbirkor Xitoy davlatidan yangi uskunalar olib keldi.

Endi korxonada qo‘shimcha 6 nafar fuqaro bandligi taʼminlanib, ishlab chiqarish hajmi ortmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.1K views05:19
Open / Comment
2021-08-17 19:01:03 Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 17-avgust kuni “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Mazkur hujjatga muvofiq 2021 yilning 1 sentabridan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Joriy yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m;
1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 so‘m etib belgilandi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so‘m etib belgilandi. Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga440 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 165 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
7.8K views16:01
Open / Comment
2021-08-17 09:36:15
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Toshkent viloyatining Qibray tumanida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining tadbirkorlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ziyod biznes vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar soliq sohasidan tashqari kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, bo‘sh turgan bino va inshootlardan foydalanish, kredit olish va boshqa masalalar bo‘yicha qilgan murojaatlari uchrashuvda qatnashayotgan tegishli tashkilotlar rahbarlariga yo‘naltirilib ularning ijrosi yuzasidan aniq vazifalar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.4K views06:36
Open / Comment
2021-08-17 07:52:38
Янги Ўзбекистон демократик ўзгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмоқда

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Янги Ўзбекистон” газетаси бош муҳаррири Салим Дониёровнинг саволларига жавоблари


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
8.2K views04:52
Open / Comment
2021-08-16 13:34:53
#infografika
11.5K views10:34
Open / Comment
2021-08-16 08:42:03
#yutuqli_oyinlar

Yutuqli chek o‘yinlaridan sovrin yutganlar 300 nafarga yaqinlashdi

Ayni paytgacha:

13 ta avtomobil;
39 ta televizor;
39 ta konditsioner;
39 ta gaz plitasi;
18 ta kir yuvish mashinasi;
52 ta velosiped;
pul mukofotlari, sanatoriyaga yo‘llanmalar
va boshqa qimmatbaho sovrinlar o‘z egasini topdi.

Navbatdagi 8-tirajga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mezbonlik qiladi. O‘yin 26-avgust kuni "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
16.1K views05:42
Open / Comment
2021-08-16 07:34:13 #soliq_taqvimi

Eslatma Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Shu sababli 2021-yil 16-avgust iyul oyi uchun:

– hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi birinchi qismi, 407-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlari).
_________________________
#календарь_налогоплательщика

Напоминаем Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
В связи с этим, 16 августа 2021 года крайний срок за июль:

– представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(часть первая статьи 389, части четвертая и пятая статьи 407 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
12.6K views04:34
Open / Comment
2021-08-15 10:35:15
Hamdardlik

Bugun, 15-avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov vafot etdi.

Usmonxon Alimov 2006-yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov mamlakatimiz diniy-ma’rifiy hayotida o‘chmas iz qoldirib ketdi.

Davlat soliq xizmati organlari jamoasi Usmonxon Alimovning oila a’zolariga va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
_________________

Ҳамдардлик

Бугун, 15 август куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Темирхон ўғли Алимов вафот этди.

Усмонхон Алимов 2006 йилдан буён Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси сифатида фаолият юритиб келаётган эди.

Муфтий Усмонхон Темирхон ўғли Алимов мамлакатимиз диний-маърифий ҳаётида ўчмас из қолдириб кетди.

Давлат солиқ хизмати органлари жамоаси Усмонхон Алимовнинг оила аъзоларига ва барча яқинларига чуқур ҳамдардлик билдиради.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
6.5K views07:35
Open / Comment
2021-08-14 19:59:46
#dayjest

Yakunlanayotgan haftada soliq sohasida kuzatilgan eng muhim xabarlar bilan "SOLIQ VAQTI"

Tadbirkorlar JSHSHIR bilan bog‘liq xatoliklardan ogohlantirildi

2021-yilning dastlabki 6 oyida davlat byudjetiga 61,3 trillion so‘m soliq tushumlari ta’minlandi

Davlat soliq organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun navbatdagi tanlovlar e’lon qilindi

Ko‘chma savdo bilan shug‘ullanish yanada osonlashmoqda

YuSh va ularning filiallari STIRi yagona bo‘lishi lozim

2021-yil birinchi yarmida 177 ming shoxobcha onlayn nazorat-kassa texnikasidan foydalanishga o‘tdi

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov Gʻijduvon tumani hokimi etib tayinlandi

Yutuqli chek o‘yinlarining 7-tiraji g‘oliblari taqdirlandi

Agar MХIK topilmasa...

YuSh markaziy ma'lumotlar bazasiga tuzatishlar kiritilmoqda

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
7.9K views16:59
Open / Comment
2021-08-14 00:00:53 Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal pinned «Hurmatli soliq to‘lovchilar! Davlat soliq qo‘mitasida yuridik shaxslarning markaziy ma'lumotlar bazasi tashkil etildi (VM-539-sonli qarori, 4.09.2020-yil). Markaziy ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarning haqqoniyligini ta'minlash maqsadida yuridik shaxslarning…»
21:00
Open / Comment