Get Mystery Box with random crypto!

Bbh

Logo of telegram channel abituriyents — Bbh B
Logo of telegram channel abituriyents — Bbh
Channel address: @abituriyents
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1
Description from channel

ABITURIYENTS - eng kuchlilar safida bo'l!
• Biz orqali rasmiy yangiliklar, eng muhim ma'lumotlarni birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling.
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun —
@talim_reklamasi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages

2022-03-19 15:09:21 23-mart sanasidan ​​​Janubiy Koreya Elchixonasi uzoq muddatli vizalarni tikladi!

Endilikda Koreyada til kursida o'qish niyatida bo'lgan bo'lajak talabalar uchun Yozgi smestr uchun qabuli boshlandi!

Koreyaning Seul,Daegu va boshqa hududlardagi Universitetlar

Hech qanday imtihonlarsiz va til sertifikatlarisiz(Topik yoki iELTS shart emas )

Talablar quyidagicha:
telegra.ph/Til-kursi-uchun-talablar-03-19

Ushbu imkoniyat(til kursida o'qish)ni qo'ldan boy bermaslik uchun 5ta asosiy sabab!
telegra.ph/5ta-sababImkoniyat-03-19

Universitet uchun to'lovlar (til kursi uchun):
1 yillik kontrakt,sug'urta,kitob ~ 3800$-4400$
3 oylik yotoqxona ~ 500-800$

Barcha to'lovlar bank orqali!

Yana bir ma'lumot! Sizda KDB bank(3oylik) ma'lumotnomasi tayyor yoki tayyor bo'lishiga oz qolgan o'quvchilar 1-1,5oy ichida vizani qo'lga kiritish imkoniyati mavjud! Hujjat topshirgan kundan.

Shoshiling! Qabul vaqti va soni chegaralangan!

Imkoniyatingizni boy bermang!
Murojaat uchun:

Hoziroq @koreyaga_qabul_bot dan ro'yhatdan o'ting!

+998(99)3066938
+998(90)3706886

Ofisimiz manzili : Toshkent shahri, Chilonzor, Do'mbirobod 2-tor ko'cha, 8-uy.

Mo'ljal : Do'mbirobod Jome masjidi

Location ustiga bosing

Telegram | Instagram | Youtube
194 views12:09
Open / Comment
2022-03-18 18:20:16 Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev: Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi.|

Bu orqali har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Amaliyot davrida yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan talabalarga o‘qishni boshqa turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha davom ettirishga ruxsat beriladi.

@abituriyents
160 viewsedited  15:20
Open / Comment
2021-08-25 15:30:16
RASMAN: Oliy ta'lim muassasalarida yangi oʻquv yili anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi

Rasman oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati


@abituriyents
99 viewsedited  12:30
Open / Comment
2021-08-24 13:47:22
OTMlar 6-sentyabrdan oflayn oʻqish haqida eʼlonlar berishni boshladi !

Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dars jarayonlarini 6-sentyabrdan anʼanaviy tarzda boshlashini maʼlum qildi. Dars jarayonlari toʻliq karantin talablariga rioya etgan holda tashkil etiladi.

Xabarga koʻra, 2 toifadagi talabalarga masofaviy (onlayn) oʻqishga ruxsat beriladi:

~ Homilador;
~ 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan mashgʻul talabalar.

Tez orada boshqa OTMlar ham shu kabi xabarlar berishi kutilmoqda.

Barcha abituriyentlarga ulashing!


@abituriyents
136 views10:47
Open / Comment
2021-08-24 12:07:47
1–4-sentabr kunlari poyezd chiptalari uchun chegirma e'lon qilindi

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning ma'lum qilishicha, chiptalar:

nafaqaxo‘rlar, nogironlar, urush qatnashchilariga – 50 foiz;

OTM, kollej, litsey, IIV, MV, DXX, DS, DB talabalari, maktab o‘quvchilari, oilaviy, jamoa bo‘lib bilet oluvchilarga – 15 foiz;

"Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida esa barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10 foiz chegirma qilinadi.

@abituriyents
122 views09:07
Open / Comment
2021-08-22 09:31:50
Xorijdan o‘qishni ko‘chirayotganlar uchun qulaylik

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 87 486 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ularning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

@abituriyents
62 viewsedited  06:31
Open / Comment
2021-08-21 22:54:23 Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar uchun o'qish 6-sentabrdan boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Manbadan olingan xabarga ko'ra, bu ma'lumot uchun hali hech qanday rasmiy asos yo'q.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
16 views19:54
Open / Comment
2021-08-20 22:06:19
#Тезкор #Расман
Тана ҳарорати юқори бўлган ва коронавирусга чалинган абитуриентлар учун тест синовлари 23 август куни ўтказилади.

Демак, 2 сентябргача мандат чиқади.

Бу хабарни абитурентларга юборамиз



@abituriyents
22 viewsedited  19:06
Open / Comment
2021-08-20 09:16:32 ​​Prezidentimizning PQ-5172 sonli qaroriga ko'ra, davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abituriyentlar Prezident grantiga da'vogar bo'lishi haqida yozgandim.

Bugun mandat.dtm.uz saytiga kirib, Prezident grantiga da'vogar yoshlarimizning natijalariga qiziqdim. E'lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, 185,85 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga da'vogarlik qilayotgan ekan.

Bunda 200-o‘rindagi abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlar ushbu grantga da'vogarlik qiladi. Natijalarga ko‘ra, 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball to‘plashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga da'vogarlik qiladi.

Quvonarlisi, ularning 75 nafari test sinovlarida maksimal ball — 189 ball to'plashgan. Albatta, imtihonda 100 foizlik natijaga erishish uchun juda katta bilim, mehnat va albatta, sabr talab etiladi. Ishonamanki, Prezidentimiz tashabbuslari bilan yo'lga qo'yilayotgan mana shunday bilimli yoshlarimizni rag'batlantirish tizimi yoshlarimiz uchun juda katta qo'llab-quvvatlov bo'ladi.

https://t.me/abituriyents
112 viewsedited  06:16
Open / Comment
2021-08-19 09:32:15 Президент гранти учун ўтиш бали — 185,85 баллни ташкил қилди

ДТМнинг мандат сайтидаги рўйхатда Президент гранти учун даъвогарлик қиладиган абитуриентлар рўйхати эълон қилинди. Унга кўра, 185,85 баллдан юқори кўрсаткичга эришган 233 нафар абитуриент Президент грантига даъвогарлик қиладиган бўлди.

Чунки қоидага биноан, 200-ўриндаги абитуриент билан бир хил балл тўплаган барча абитуриентлар ушбу грантга даъвогарлик қилишади. Натижаларга кўра, 185-ўриндан 233-ўрингача абитуриентлар бир хил 185,85 балл тўплашган, шу сабабли барчаси Президент грантига даъвогарлик қилишади.

Шунингдек, республика бўйлаб жами 75 нафар абитуриент энг максимал 189 балл тўплашди.

Эслатиб ўтаман, Президент грантини олганлар гарчи контрактга кирган бўлса ҳам, давлат гранти асосида ўқишади.

Қуйида Президент грантига даъвогарлик қилаётган 233 нафар абитуриентларнинг ОТМ кесимидаги маълумотлари билан танишишингиз мумкин:

ОТМ номи / даъвогарлар сони

Тошкент давлат юридик университети — 73
Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети — 46
Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети — 26
Тошкент давлат иқтисодиёт университети — 9
Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети — 9
Тошкент тиббиёт академияси — 9
Тошкент молия институти — 5
Бухоро давлат университети — 4
Бухоро давлат университетининг Педагогика институти — 4
Фарғона давлат университети — 4
Навоий давлат педагогика институти — 4
Қорақалпоқ давлат университети — 4
Тошкент давлат шарқшунослик университети — 4
Андижон давлат университетининг Педагогика институти — 3
Наманган давлат университети — 3
Ўзбекистон Миллий университети — 3
Қарши давлат университети — 2
Самарқанд давлат чет тиллар институти — 2
Самарқанд давлат университети — 2
Термиз давлат университетининг Педагогика институти — 2
Бухоро тиббиёт институти — 1
Гулистон давлат университети — 1
Жамоат хавфсизлиги университети — 1
Жиззах давлат педагогика институти — 1
Нукус давлат педагогика институти — 1
Ўзбекистон журналистика ва оммавий коммуникациялар университети — 1
Ўзбекистон халқаро ислом академияси — 1
Қўқон давлат педагогика институти — 1
Қорақалпоғистон тиббиёт институти — 1
Самарқанд давлат тиббиёт институти — 1
Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти — 1
Термиз давлат университети — 1
Тошкент ахборот технологиялари университети — 1
Тошкент давлат стоматология институти — 1
Тошкент педиатрия тиббиёт институти — 1

P.S.: ушбу маълумотлар коронавирусга чалинган ёки тест куни иситмаси юқори бўлган абитуриентлар учун ўтадиган қўшимча тест натижаларидан кейин ўзгариши мумкин.


@abituriyents
83 viewsedited  06:32
Open / Comment