🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

ASSALOMU ALAYKUM. Toshkent islom universiteti haqida biroz es | Academy Talks

ASSALOMU ALAYKUM.

Toshkent islom universiteti
haqida biroz eslashga qaror qildik. Bu nom ko‘pchilik uchun qadrli va jarangli eshitiladi.
1999-yil 7-aprelda Toshkent islom universiteti tashkil etildi.

2018-yil 16-aprelda universitet O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi maqomini oldi.

Albatta, barcha bilgan narsalarni yana qayta eslashdan yiroqmiz. Lekin universitet tashkil etilgandan buyon ko‘plab talabalar tahsil oldi va bugungi kunda o‘z sohalarida yetuk mutaxassislarga aylandi.

Ularning ba’zilarini tanisak, ba’zilari haqida umuman bilmaymiz. Vaholanki, bu kadrlar bugungi avlod talabalari uchun namuna bo‘la oladigan darajada yutuqlarga erishib kelmoqda.

Endilikda kanalda Universitet(Akademiya) bitiruvchilari va ayni vaqtda o'z sohasining ustalari haqida ma'lumot berib boramiz.

O'ylaymizki, bu ma'lumotlar talabalarga o'z hayot yo'llarini topishida yordam bera oladi.

Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Facebook | Instagram