🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Assalomu aleykum azizlar, barchamizni orzu maqsadlarimiz bo' | Ahmad Qodirov || Blog

​​Assalomu aleykum azizlar, barchamizni orzu maqsadlarimiz bo'lsa kerak. Ularga erishish uchun lekin hamma har xil harakat qiladi, ba'zilar maqsadlari bo'lsa ham o'zining hozirgi "qulay sharoitidan" voz kechgisi kelmaydi. Siz bir narsani kuchli xohlaysiz lekin harakat boshlashga qo'rqasiz, nimadandur ayrilib qolishga yoki yoki obroingiz bir pul bo'lishidan cho'chiysiz. Tanish holatmi? Oilangizni, yaqinlaringizni oldida hijolat bo'lish ham bor. Lekin bilasizmi bundan ham yomoni nima? HARAKATSIZLIK, buni oqibatida siz keyingi yil, yoki 5-yil ichida ham hech nimaga erisha olmaysiz, yana o’sha eski hammom eski toz, QO'RQUVdan ham yomoni bu dangasalikdir, harakat ham qilmaslikdir, Maqsad bormi, boshlang, har holda nimagadur erishasiz. Masalan: 2021-yilda 12 ta kitob o'qishni maqsad qildiz va yil oxirida 3 ta o'qidingiz, ammo bu 2020 yildagi "0" natijangizdan 300% yaxshiroq emasmi? Yoki ko’rgan bo’lsangiz men millionta ko'chat ekamiz deb tadbir boshladim, bor yo'g'i o'zim va sizlar orqali 1000 ta ekolsak ham deylik, ammo bu 'harakatsizlikdan" ko'ra 1000% yaxshi emasmi?.
Harakatni boshlang azizlar, bekorchilik bu eng yomoni. Hop siz harakat qilishni boshladingiz keyingi bosqich qanday? Ingliz tilidagi "Smart Work" ga etibor bering, og'ir mehnat qilib hech nimaga erishmagandan ko'ra ongingizni ishlating, qaysi qilgan ishingiz natija berdi, qaysi biri yo'q? Shunga qarab, foyda berganlarini ustida ishlang, boshlanishida o’zingizni qiynavormang. "Atomic Habits" kitobi yaxshi odatlarni shakllantirish uchun menga ma'qul bo'lgan eng yaxshi kitob. Muvaffaqiyatni kalitlaridan biri bu harakatlaringizda "DOIMIYLIK xususiyati". Zo'r natijalarga 1 hafta yoki 1 oylik qattiq mehnat bilan erishilmaydi, balki doimiy mehnat tufayli. Siz ko'p xatolar qilasiz, ushbu xatolarni hursandchilik bilan qabul qilib, oldingi intilishdir, buni men "Black Box Thinking" kitobini o'qib amin bo'ldim. Yana bir muhim sifat bu SABR, siz shoshqaloq bo'lsangiz natijaga erisholmay yengilaverasiz va yana bir muhim sifat bu SHUKRONALIK. Natijangizga erisha olmagan taqdiringizda ham shukrli bo'ling, masalan siz sport bilan shug'ullanib 5 kg ozmoqchi edingiz, lekin bor yo'g'i 1.5 kg bo'ldi, ey inson shunga rahmat deng, oldin shu 1.5 kg natija ham yo'q ediku? Nimaga menda o'xshamaydi, omadsizman deyish o'rniga, sal farosat bilan qilgan ishlaringiz taxlil qiling, nimanidur noto'g'ri qilgandirsiz, xatolaringizdan o’rganish va oxirgi muhim sifat o'zingizga ishoning. Alloh sendan harakat mendan barakat degan, u bergan aql-u zakovat, tanani ishlating. Qachon siz o'zingiz xohlagan maqsadlarga erishganingizda, egoist bo'lmay bir vaqtlar sizga o'xshab yo'lini topa olmayotgan yoshlarga yordam bering. Bu dunyo faqat puldan, iphone 12, mashina va dang'illama uy solish, yoki sep yig'ish yoki shunga o’xshash narsalardan iborat emas. Qolgan gapni kelasi safarga qoldiramiz, dam olish kunlaringiz barorli kelsin.