🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Balki habaringiz bordir, balki yo'q, telegramda juda qizg'in t | Ahmad Qodirov || Blog

Balki habaringiz bordir, balki yo'q, telegramda juda qizg'in tarzda dinimiz haqida suhbatlar bo'ldi. Azizlar noyob bir toshni oddiy bir tosh bilan urishtirsangiz nima bo'ladi? Noyob toshga ziyon yetmaydi, anu oddiy toshga balo ham urmaydi. Shu o'rinda din borasida dinni yaxshi tushunmaganlar bilan tortishish befoyda, buni men ancha oldin anglab yetganman, va hisob kitob kunida kim haq, kim nohaq buni Yaratgan biladi. Shuning uchun hayotdagi eng oliy nem'at vaqtingizni, va sog'ligingizni behuda sarflamang. Biz qo'ni qo'shnimiz boshqa din vakili bo'lsa, yoki dinsiz bo'lsa va bizni dinimiz haqida asossiz fiklar bildirsa u bilan urishganimiz bilan u inson fikri o'zgarmaydi. Biz vazminlik bilan ish yuritaylik, musulmon biladiki birovni ustidan hukm chiqarish bandasiga berilgan emas, shuning uchun men din to'g'risida hech bir kishi bilan tortishmaslikka harakat qilaman. Hayotda undan muhimroq ya'ni ilm, oila va vatan haqida qayg'urgan ma'qulroq. Siz o'sha noyob tosh bo'ling, o'z yo'lingizda davom eting, vaqt oliy hakam.