🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Yaqinda Chris Guillebeau ninig $100 startup kitobini tugatdim, | Ahmad Qodirov || Blog

Yaqinda Chris Guillebeau ninig $100 startup kitobini tugatdim, to'g'risini aytsam kitob menga yoqdi, unda sarmoyasi katta bo'lmagan insonlar uchun qanday qilib kichik biznes boshlashlari haqida foydali maslahatlar berilgan. Qurgan biznesni qanday qilib kuchaytirish yoki yaxshi holda yuritish bo'yicha ham misollar talaygina. Shuningdek bor yo'g'i $100 sarmoya sarflab hayotda sekin asta ko'tarilganlarni hikoyasini o'qib odam ruhlanib ketadi. Lekin shuni yodda tutingki, hech qanday biznes haqidagi kitob sizga tayyor g'oyani bermaydi, bu kitob ham g'oyangiz bo'lsa qanday qilib uni rivojlantirish va biznesga aylantirish mumkinligi haqida. To'g'risini aytsam turli xil ish va tashvishlar bilan bo'lib bu kitobni o'zim xohlagandek o'qolmadim. Shuning uchun yana bir lekin bu safar diqqat bilan, kerakli joyda to'xtab izohlar olishga, g'oyalar kelganda yozvolishga qaror qildim. Sizga ham o'qishni tavsiya qilaman, va shoshmaslikni. O'qiganlarizga amal qiling. #bookreview