🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Yaqinda ishxonamizdan rasmdagi kichik bir yoqimli tuhfani oldi | Ahmad Qodirov || Blog

Yaqinda ishxonamizdan rasmdagi kichik bir yoqimli tuhfani oldim, bunday sovg'alar har qanday ishchi hodimni hursand qiladi va o'z ustida yanada ishlashga undaydi, ish joyiga bo'lgan sodiqlik va mehrni oshiradi. Agar siz ham ishchi yoki ish beruvchi bo'lsangiz shu usulni qo'llang, turgan bitgani foyda buning .

Men uni yoki buni qiling deb maslahat berish o'rniga o'zimni ruhlantirish uchun ba'zi qilgan ishlarimni aytib o'tmoqchiman. Abiturientlik yillarimda va maktab chog'ida hali pul topmagan davlarimda men darslarni vaqtida qilsam o'zim yoqtirgan o'yinni o'ynash bilan taqdirlardim.

Ishlashni boshlagan vaqtlarimda esa pul yig'ib o'zim xohlagan narsalarga sarflar edim, Masalan tog'ga 1 kunga dam olgani chiqish yoki o'zim xohlagan kompyuter, kitob yoki gadjet olish. Har qanday usulda ham o'zingizni kichik va katta hajmdagi sovg'alar bilan taqdirlashni unutmang, siz bunga arziysiz.