🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bularni manga hayot o‘rgatdi! • Kenglik va hotirjamlikni o‘r | Ahmad Qodirov || Blog

Bularni manga hayot o‘rgatdi!

• Kenglik va hotirjamlikni o‘rgandim. O‘limdan boshqa hech narsa muhim emas.
• Kayfiyatim bo‘lmasa, homush va tushkun bo‘lsam, buning uchun hech kimning aybi yo‘qligini o‘ylab, tabassum qilish kerakligini o‘rgandim.
• Hech kim sir saqlayolmasligini angladim. Chunki, nimanidir eshitgan inson, albatta, bu haqda kimgadir aytishni, istaydi.
• Javobini bilmaganim va amin bo‘lmaganim masalalarda: "Bilmayman" deyishning nihoyatda foydali ekanini o‘rgandim.
• "Man qanday qilib bu xatolikka yo‘l qo‘ydim?" deyish o‘rniga, eng mukammal o‘ylaydigan kishilar ham xato qilishini, muhimi, xatolardan saboq olish va ulardan kamroq zarar ko‘rishni o‘rgandim.
• Mani tandiq qiladigan, mani tahlil qiladigan, aql o‘rgatishga urinadiganlarga javob bermaslikni o‘rgandim, chunki bu tortishuv hech qachon tugamaydi.
Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini, qat'iy istak chorasiz tuyulgan har bir eshikka chora deyilgan kalit bo‘lishini o‘rgandim.
Kechirish va unutish. Agar inson kuchli bo‘lsa, o‘ziga qilingan nohaqliklarni unutishi va kechirishini, gina-adovat qalbdan xotirjamlikni yo‘qotishini o‘rgandim.
• Jahlimni chiqargan insonga javob berishdan avval, o‘n soniya o‘ylashni, nafas olib o‘zimni tinchlantirishni o‘rgandim.
• "Yo‘qotadigan nimam bor?" deyish o‘rniga, "Qo‘lga kiritishim kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor!", deyishni o‘rgandim.
• Hayotni keragidan ortiq jiddiy qabul qilmaslikni o‘rgandim.
• Eng muhimi, o‘z o‘zimga kulishni, o‘zimni xursand qilishni va sevishni o‘rgandim!