Get Mystery Box with random crypto!

Ramazonu sharif oyida 30-kun mutolaa qilib @ash9294 yozganlarg | Ahmad Qodirov || Blog

Ramazonu sharif oyida 30-kun mutolaa qilib @ash9294 yozganlarga kitoblar berilmoqda, ammo oldin ta’kidlaganimizdek siz oldin bu marafonda qatnashib kitob yutib olgan bo’lsangiz qayta berilmaydi. Sababi bu kitob yutadigan marafon emas, va har bir kishiga qayta kitob berish bu oilaviy byudjet to’g’ri kelmasligi mumkin. Asosiy maqsadimizni kitob yutganlar esidan chiqarmasin, bu esa kitobxonlarni ko’paytirish oramizda. Haqiqiy kitobsevar puli bo’lganda emas, pul topib kitob o’qiydi, zero kitob unga oziq ovqat kabi zarurat hisoblanadi. Haqiqiy kitobxon faqat bo’sh vaqtida kitob o’qimaydi, bo’sh vaqt topib va bekorchi ishlarni o’rniga qimmatli vaqtini ajratib mutolaa qiladi. Shahsan men “Haqiqiy kitobxon” shunday deb bilaman. Yana shuningdek Haqiqiy kitobxon son uchun o’qimaydi, ya’niki 52 haftada 52 ta kitob o’qidim deyish o’rniga 5 ta kitob o’qiydi lekin o’qiganlariga amal qiladi. Haqiqiy kitobxonning yana bir muhim hislati u atrofdagilarni ham o’qishga qiziqtiradi, men shu proyekt boshlaganimda chin dildan istagandim, qaniydi yutganlarni barchasi ham kamida 2-3 kishini kitobxon bo’lishiga sababchi bo’lsa, keyin ular ham yana shuncha odam kitobxon aylanishiga hissa qo’shsa 5 yil ichida O’zbekistonda millionlab kitobxonlar bo’ladi deb. Bunga hali ham umid qilaman, va ishonaman, ammo shahsiy sabablarga ko’ra balki oxirgi marta Mutolaa Marafoniga bugun “Start” beramiz. O’qib kitob olmaganlar, bu siz uchun imkoniyat. Yutganlar yuqoridagi gaplarni unutmay, siz ham shunga hissa qo’shinglar. Mutolaa Marafoni oxirgi marta o’tkazilishi sabablari kelajakda mavridi kelganda aytib beraman, ammo bu moliyaviy muammo tufayli emas, sababi doim molimga baraka kirdi, 10 barobargacha oshsa oshdiki molim kamaymadi. Shundan ham yosh kitobxonlar va endi kitob o’qish boshlamoqchi bo’lganlar men yillar davomida o’rgangan qimmatbaho darsni anglang. Yaxshi kitobga sarflangan pul va vaqt zoe ketmaydi, o’rgangan bilimlaringizni amalda qo’llasangiz InshaAlloh ortig’i bilan olasiz.

P.S postdagi xatolar uchun uzr so’raymiz.