🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#Uchrashuv #Adju Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-texn | Ajou University in Tashkent

#Uchrashuv #Adju

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkentdagi Adju universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda universitet xodimlari ta’lim muassasasidagi o’quv jarayonlari, fakultetlar, kirish imtihonlari hamda baholash tizimi haqida ma’lumot berdilar.

Ta’kidlanishicha, ta’lim bo’yicha dunyo reytingida 600-o’rinda turadigan universitetga bu yil qabul qilinadigan yoshlar uchun kontrakt summasining asosiy qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Shuningdek, endi maktab yoki kollej va litseylarni bitirmagan o’quvchilar ham bilimlarini sinash maqsadida maxsus tashkil qilinadigan kirish imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin ekan.

Maktab o’quvchilari uchrashuv yakunida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube