🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Taʼlim muass | Ajou University in Tashkent

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Toshkent shahridagi ADJU universiteti rahbariyati oʻrtasida arxitektura-qurilish sohasi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻzaro hamkorlik qilish masalalarida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tomonlar ushbu uchrashuvda amaldagi qonunchilik, sohaga oid davlat dasturlariga amal qilgan holda vakolatlari doirasida kadrlarni tayyorlash, tajriba va amaliyot almashish, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish, loyihachi hamda mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalarida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish maqsadida Anglashuv memorandumini ishlab chiqish va tasdiqlash yuzasidan oʻzaro kelishib oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|