Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahridagi Adju Universitetida fan olimpiadasi bo‘lib | Ajou University in Tashkent

Toshkent shahridagi Adju Universitetida fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi

2022 yilning 19 fevral kuni Toshkent shahridagi Adju Universitetida fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Fan olimpiadasi Toshkent shahar Xalq Ta'limi Bosh Boshqarmasi bilan hamkorlikda umumiy ta'lim maktablarining 11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika va fizika fanlaridan ingliz tilida o‘tkaziladi.

Olimpiada g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi hamda ularga Toshkent shahridagi Adju Universitetiga imtiyoz asosida kirish huquqi beriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:
+998 71 208 69 69
+998 99 569 07 97

Bizning manzil:
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Asalobod ko‘chasi, 113-A

@ajou_uz