🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ Grossmeyster Sirojiddin Zaynidinov talabalar bilan dona su | Ajou University in Tashkent

​​ Grossmeyster Sirojiddin Zaynidinov talabalar bilan dona surdi

Toshkent shahridagi Аdju universitetida 20 may kuni oʼtkazilgan “Bilimdonlar kuni” tadbiri ikki karra jahon chempioni, FIDE ustasi, grossmeyster Sirojiddin Zaynidinovning mahorat darsi bilan boshlandi. Shaxmatchi va talabalar oʼrtasida davra suhbati oʼtkazilib, yoshlar S.Zaynidinovning faoliyati haqida batafsil maʼlumotga ega boʼldilar.

Shundan soʼng grossmeyster talabalar bilan dona surib, bir vaqtning oʼzida 13 nafar shaxmatchiga seans oʼtdi. Ushbu partiyalarning 12 tasida Sirojiddin gʼalaba qozondi. Faqat bitta doskada iqtidorli talaba Ozodboeva Muxaram bilan durang natija qayd etildi. Professional shaxmatchi oʼz tajribasini namoyon etib, yigʼilganlar eʼtirofiga sazovor boʼldi.

Bundan tashqari “Bilimdonlar kuni” tadbiri doirasida talabalar turli boshqotirma, krossvord va skanvord yechish uchun test sinovlaridan oʼtishdi.

———————————

Grandmaster Sirojiddin Zaynidinov played chess with the students

“The Day of Intelligence”, held on May 20 at Ajou University in Tashkent, began with a master class by the two-time world champion, FIDE Master, Grandmaster Sirojiddin Zaynidinov. A round table discussion was held between chess players and students, and young people learned about the activities of S. Zaynidinov.

After that, the grandmaster played parts with the students and held a session for 13 chess players at a time. In 12 of these parties, Sirojiddin was defeated. Only one board recorded a draw with a talented student Ozodbaeva Mukharram. The professional chess player demonstrated his experience and won the recognition of the audience.

In addition, as part of the "The Day of Intelligence", students took tests to solve various puzzles, crosswords and scan words.