🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​#review #taqriz Andrey Platonov — 'Jon' romaniga yozilgan | «Аkademnashr» nashriyoti

​​#review #taqriz

Andrey Platonov"Jon" romaniga yozilgan review

"Jon - saodat yo'llarida sarson qalbdir." (turkman xalq maqoli)

Hech o'ylab ko'rganmisiz, biz nima uchun hayot kechiramiz? Agar bizdan bor-budimizni yulib olib, cho'lga uloqtirishganda, holimiz ne kechar edi? Umid qachon so'nadi? Qalbda kelajak kunga ishonch qolmasa, nima bo'ladi?

Ushbu asar aynan shu haqida. Jon - bu Sariqamish ko'li atrofida yashab kelayotgan kichik qavm bo'lib, uning sanoqli qolgan a'zolari asl va majoziy ma'noda ham hayotdan uzilib qolgandi. Natijada o'sha qavmdan chiqqan, bir muddat Moskvada tahsil olgan Nazar Chig'atoev ismli yigitga ularni to'plash va ular orasida sotsializm qurish vazifasi topshiriladi.

Albatta, Platonov asarida sotsializm qatnashmasa va u o'lik qalblarni "kommunistcha" uyg'otmasa, asari chop etilmaslgini yaxshi bilardi. Shu sababdanmi, tom ma'noda, men bu asarni bemalol liberal yo'nalishda yozilgan deya olaman.

Asar voqealari va undagi qahramonlar doimo harakatda bo'lsa-da, u bir ritmni ushlamaydi. Ba'zi nuqtalarda juda tezlashib ketsa, ba'zi joylarida sokin tasvirlar boshlanadi. Ammo kitobni xayolni bir jamga qo'yib, sokin bir tarzda o'qishni maslahat bergan bo'lardim.

Asardan nima oldim?
Ochig'i, bu savolni taqriz yozarkanman, hamon o'ylanaman. Asarning asosiy tezisi nima? Qiyin sharoitlarda qanday omon qolishmi? Menimcha, unday emas. Turkman xalqini e'zozlashmi? Yaqinu, ammo unday ham emas.

Mening nazarimda, "Jon"da muallif inson faqat yeb-ichish va uxlash uchun bu dunyoga kelmaganligi, qorinni to'yg'azish va yotoqda xotin bilan yotish qayg'usi - hali chinakam tiriklik degani emasligini ochib bermoqchi bo'ladi bizga. Bosh qahramon chala o'lik yigirma chog'lik qavmni qayta hayotda yashashga o'rgatguncha, cho'lda tortgan azoblari buning qanchalar murakkab ekanligini ko'rsatib beradi.

Asardan ko'p narsa olsa bo'ladi. "Jon" — tiriklik va yo'qlik, hayot va o'lim, ruhiyat sokinligi haqida tafakkur qilishga undovchi g'aroyib asar.

Menda hozircha shu. Keyingi mutolaalarda ko'rishguncha, aziz kitobsevarlar...

@panda_books