Get Mystery Box with random crypto!

«Haqiqatdan ham, Buxoro va buxoroliklar holi juda achinarli bo | «Аkademnashr» nashriyoti

«Haqiqatdan ham, Buxoro va buxoroliklar holi juda achinarli boʻlib, voqean, bu xudpisand ulamolarning ishlari bu millatning tanazzuliga sabab boʻlgan. Ammo, birodar, bundan judayam qaygʻuga botmang. Faqat sizning ulamoingiz emas, islom olamidagi barcha ulamolar ham soʻnggi uch yuz yilda shunga oʻxshash xiyonatlarga yo'l qo'ymoqdalar. Kuni kechagina Usmonliy, tatar, Eron va Hinduston ulamolari ham sizning ulamoingiz singari oʻzgalarning, mazlum xalqning qonini ichib keldilar.

Faqat bu millatlar sizdan oldinroq ushbu haqiqatdan ogoh topib, imkon boricha bu ulamolarning tomiriga bolta urishga intilib, qisqa vaqt ichida millatparvar ulamolarni qorni oʻygʻon ulamolardan farqlab, birinchilarini boshlariga toj qilib, ikkinchilarini esa oyoq ostiga olmish»¹.

O‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob

¹ — Abdurauf Fitrat. Hind sayyohi bayonoti.

Hajmi: 424 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 75 000 so'm

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook