Get Mystery Box with random crypto!

​​Yaqinda 'Ogonyok' jurnalining latifalar ustunida Leonid Prud | «Аkademnashr» nashriyoti

​​Yaqinda "Ogonyok" jurnalining latifalar ustunida Leonid Prudovskiy qalamiga mansub "Janoblar va o'rtoqlar to'g'risidagi hikoyalar"ning yangi turkumi chop etildi. Mana shulardan biri:

"Tarixchilar o'rtasida Iosif Stalin hayotidan bir epizod tildan-tilga ko'chib yuradi: Stalin mukofotlari bo'yicha qo'mitaning majlisi davom etmoqda va unga Mixail Borisovich Xrapchenko raislik qilayotir.

Eshik ochilib, ohista Stalin kirib keladi. Hamma o'rnidan turadi. Xrapchenko so'zlashdan to'xtaydi.
Stalin:
- O'rtoq Xrapchenko, davom ettiravering, - deganicha komissiya a'zolarining orqasida u yoqdan-bu yoqqa yurib turadi.
Muhokama davom etadi.
- O'rtoq Tixanov qayerda? - deb so'raydi Stalin.
- Nikolay Semyonovich Pokistonga xizmat safariga ketgan, o'rtoq Stalin.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko.

Muhokama yana etadi, Iosif Vissarionovich esa komissiya a'zolari ortida uyoqdan-buyoqqa qadam tashlashini davom ettiraveradi.
- O'rtoq Fadeev qayerda? - deydi u yana muhokamani bo'lib.
- Fadeev betob, o'rtoq Stalin, - javob beradi Xrapchenko.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko, - deydi Stalin yurishdan to'xtamay va dabdurustdan so'rab qoladi: - Ko'hna Rim nega inqirozga yuz tutganini bilasizmi?

Tabiiyki, hammaning vujudi quloqqa aylanadi: axir, ertaga bu tarixiy so'zlarga bag'ishlangan maqolalar paydo bo'lishi, darsliklar qayta yozilishi, yuzlab monografiya va dissertatsiyalar bitilishiga ko'z ko'rib, quloq eshitmagan imkoniyatlar ochilishi turgan gap edi.

- Rim imperiyasi, - dedi dohiy muallimlarga xos donolik bilan, - birinchi darajali muammolarni hal etish uchinchi darajali shaxslarga topshirilib qo'yilgani uchun ham inqirozga yuz tutdi. Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko."

Taqdirning xazilini qarangki, SSSRday imperiya uchinchi va v. boshqa ishlarga ham Siyosiy Byuro burnini tiqavergani tufayli parchalanib ketdi.

Faxriyor, "Metahikoyalar oralab"

@panda_books