🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

GUL VA BULBUL (A.S.Pushkindan) Bahor chog'ida xoli bog'da bi | «Аkademnashr» nashriyoti

GUL VA BULBUL

(A.S.Pushkindan)

Bahor chog'ida xoli bog'da bir zulmatli tun erdi,
G'arib bulbul fig'on aylab: «Gulim, rahm aylagil», - derdi.

U gul hech bir quloq solmas edi faryod-u afg'ona,
Faqat orom olardi nag'madin to'lg'ona-to'lg'ona.

Seni hech sevmagan bir gul uchun, ey shoirim, sen ham
Yonarsan, o'rtanarsan, dod etarsan tinmayin bir dam.

Qo'y endi, behuda dod etma, ohing unga yetmaydi,
Qaraysan, yashnagan bir gul, faqat dodingga yetmaydi.

1934-yil

CHO‘LPON: «SHE'RLAR»

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook