Get Mystery Box with random crypto!

​​YASSAVIY VA XURMO Turkistonli tarixiy shaxslarning avtobiog | «Аkademnashr» nashriyoti

​​YASSAVIY VA XURMO

Turkistonli tarixiy shaxslarning avtobiografiyasi negadir to‘lig‘ yozilmaydi. Navoiy hayoti Samarqandiy kitobida ko‘rinish bersa-da, baribir nimadir yetishmaydi. Navoiyning ijtimoiy va siyosiy hayotini ochib berolmaydi.

Yaqin atrofda yashagan Ahmad Donish yoki Mashrab haqida tarixiy faktlardan ko‘ra, afsonalar, rivoyatlar ko‘p. Shaxsning shaxsiy hayoti va ijtimoiy, siyosiy qarashlarini yoritishda xasis bo‘lishgan.

Hazrat Ahmad Yassaviy misolida ham shu. Qadimda shaxsiy va ijtimoiy hayot lavhalaridan ko‘ra, ruhiy hayot muhim bo‘lganining isbotimi bu.

Ahmad Yassaviy hikmatlar to‘plami, 1990 yil nashri, muqovasi qattiq, oq tusli.
Shu kitobda Ahmad Yassaviy 20 yoshida yoki 28 yoshida yoki 35 yoshida yoki 40 yoshida, yoki 36 yoshida va xokazo, ruhiy hayoti manzaralarini chizadi. Kitob hali hayot oldinda deb yurgan va hayotda hech qanday konsepsiyasi yoki g‘oyasi bo‘lmagan, lekin g‘oya nimaligini ham bilmagan yosh uchun qiziq edi. Hikmatlardagi matnlar qiziq va g‘aroyib edi-yu, lekin u matnlar nima o‘zi, bilmasdi. (Hozir ham bilmaydi.)

Hozir yer odami Ko‘nikkan odamga o‘xshaydi. Oldin u ko‘nikmagan edi. Va bu xislat uni tinmay safarga undagan. Yassaviy hikmatlari ana shu safarning kartinasi. Avtobiografiyasi. Hozirgi odamning yerdagi hayoti Iqtisodiylashib ketgani bilan izohlanar.

Yassaviy otning har qadami besh yuz yilga teng deb yozadi. Hozirgi odamning aqli buni qabul qilmaydi.

Yassaviy hikmatlarini o‘qib, odamning yerdagi vazifasi Allohning sifatlarini rasiolashtirish, yuzaga chiqarish deb o‘ylab qoladi kishi. Va bu qanday yuzaga chiqadi. Yassaviy hikmatlari bu yo‘lni tushuntirish uchunday.

“Yassaviy hikmatlari lug‘ati” kitobi “Akademnashr” nashriyotida yaqinda chop etilibdi. Qattiq muqovali, muqova ranggi oq tusda. Baxtiyor Isabek tilshunos olim, professor Hikmatlardagi qadim turksug‘ud so‘zlari uchun izoh tayyorlagan. Bu kitob olimning ko‘p yillik mehnati.

Kitob avvalida Baxtiyor Isabekning 67 betli ilmiy maqolasi joylashgan. Professor ilmiy maqolada Yassaviy dunyosi haqda Yassaviy o‘quvchisiga yaxshi tushuntirish beradi.

Yassaviy o‘quvchisi bo‘lish go‘zal harakat deb o‘ylayman. Ahmad Yassaviy kitobida tunu kun zikr ayt, Haq jamolini ko‘rsatmasa rasvo bo‘lay degan ma’noda qasam ichadi. Yassaviyning haqiqiy o‘quvchilari Yassaviyning messajlarini o‘qishganini va uning qasamxo‘r emasligini tarix qayd etadi.

Ahmad Yassaviy - Hazrati Sulton hikmatlari nurni nur bilan mushohada qilishdan tug‘ilgan.

Murod Chovush
—————————

Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook