Get Mystery Box with random crypto!

​​#yangi_nashr #tez_kunda NAZAR ESHONQUL: «KITOB BANDASI» | «Аkademnashr» nashriyoti

​​#yangi_nashr #tez_kunda

NAZAR ESHONQUL: «KITOB BANDASI»

Iliq bahorning so‘nggi kunlarida «Akademnashr»dan qaynoq tuhfa

«Aslida, bizni o‘rab turgan olam ham, biz bilan birga yashayotgan odamlar ham, o‘zimiz ham yashash va xulosa qilish, saboq olish, anglash va hushyor tortish uchun abadiyat lahzalariga bitilgan bir kitobmiz: bu kitobni, uning ichini o‘qish, anglash, his etish va o‘qiganlarini boshqalarga yetkazish esa faqat ijodkor – san’atkorning qo‘lidan keladi....

Yangilanayotgan dunyo poklanayotgan dunyodir. Yangi adabiyot yangi so‘z, yangi til deganigina emas, balki yangi dunyo, yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir».

Mazkur kitob taniqli adib Nazar Eshonqulning dunyo adabiyoti va san'ati namoyondalari haqidagi kuzatishlari, adabiy tahlil va mulohazalaridan tashkil topgan. Undagi muallif xulosalari o‘quvchiga ijod mohiyatini teranroq anglashda yordam beradi.

Hajmi: 416 bet
Bichimi: 60x84 1/16
Muqova: qattiq
Narxi: 45 000 so‘m

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook