Get Mystery Box with random crypto!

​​Adabiyot jurnalistika emas. Unda biron mavzu yetakchilik qil | «Аkademnashr» nashriyoti

​​Adabiyot jurnalistika emas. Unda biron mavzu yetakchilik qilyapti yoki chetda qolyapti deb baho berish uning kuch-quvvatini, qiyofasini belgilamaydi.

U kundalik mavzularni to'la qamrab olishi shart ham emas. Mavzularni tez va dolzarb tarzda aks ettirgani
emas, insonni qay darajada tadqiq etganiga qarab adabiyotning ko'lami belgilab kelingan.

Adabiyotning azaliy mavzusi – inson. To'g'ri, u qahramon qilib olgan inson zamon bilan, uning muammolari bilan yuzma-yuz turgan shaxsdir. Adib insonni yuzida va qalbida balqib turgan zamon bilan yaxlit holda, zamon bilan munosabatga kirishgan holatda, davr bilan ma'naviy-ruhiy tippa-tiklikda tasvirlasa ham, baribir, kundalik mavzularning izidan quvib yurishi shart emas. «Zamon qahramoni» degani bugungi mavzularga o'ralashib qolgan qahramonmas, balki millatning ayni davrdagi dardini, qiyofasini, fazilatlarini, og'riq va iztirobini, g'urur va iftixorini, sha'n va sharafini o'zida mujassam etgan qahramondir.

Kundalik mavzular hafta, oy sayin o'zgarib turadi, ammo adabiyotning mavzusi, agar chinakam badiiy ifoda etilsa, asrlar osha yashaydi. Adabiyotni mavzu belgilamaydi. Uni iste'dod, mahorat, badiiyat belgilaydi.

NAZAR ESHONQUL: KITOB BANDASI