🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ KITOB BANDASI Kitobning muqovasi qaymoqrang. Dizayner muq | «Аkademnashr» nashriyoti

​​ KITOB BANDASI

Kitobning muqovasi qaymoqrang. Dizayner muqovadagi obrazga qaymoq chaplab ishlaganday.

Qaymoqqa yana bir nimalar qo‘shganu nima qo‘shgani esidan chiqib qolgan.

Ko‘chada, bu issiqda “Anjan” muzqaymog‘i erimasligi sababini so‘rasangiz, sotuvchi : «Bu sir, ishlab chiqaruvchilar hech kimga aytishmaydi» deydi.

Ehtimol, dizayner, (kitob muqovasini dizayner Grigorina Pechorina ishlagan) “Anjan” muzqaymog‘ini sotib olib, muqova g‘oyasini topgandir. Kim bilsin.

Kitob “Kitob bandasi” deb nomlanadi. Kitob muallifi yozuvchi Nazar Eshonqul.

Muallif kitobda 20 asrning klassik yozuvchilari haqida qisqa va lo‘nda shaklda yorqin ma’lumot beradi.

Yozuvchi 20 asrning mutafakkir yozuvchilarini tizimga solib, ularning asarlari haqida fikrlarini, qarashlarini bayon qiladi.

Shu jihatdan ham, o‘zbekistonlik adabiyot o‘quvchisiga o‘zbek yozuvchisining klassik adabiyot haqdagi fikrlari qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Kitob o‘quvchining didi uchun yaxshi yo‘nalish ham ko‘rsatadi. Unda dunyoning eng sara yozuvchilari haqda gap ketadi. Havaskor adabiyot o‘quvchisi qaysi muallifni o‘qish kerakligi haqida tushunchasi boyiydi.

Kitob so‘ngida yozuvchining adabiyot haqda fikrlari, qarashlari berilgan.

Yozuvchi zamonaviy dunyo adabiyoti haqda ham qisqa lekin ma’noli fikr aytadi.

Jumladan, Xaruki Murakamining kitoblarini o‘qiy olmasligini, uning uslubi yoqmasligini yozadi.

Qiziq, chetdan kuzataman: X.Murakami asarlari boshqa zamonaviy o‘zbek yozuvchilariga ham yoqmaydi. Bu psixologik emas, jarayondagi hodisadan bo‘lsa kerak.

Kitob yozuvchidan o‘zbek kitobxonlariga yaxshi bir sovg‘a bo‘lgan, ayniqsa biz yoshlarga.

Murod Chovush

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook