Get Mystery Box with random crypto!

​​#bolalar_adabiyoti #parcha Qizaloqning gapidan esankirab, | «Аkademnashr» nashriyoti

​​#bolalar_adabiyoti #parcha

Qizaloqning gapidan esankirab, fe'lim buzildi:

- Nima, meni poraxo'r demoqchimisiz?
- Ha!
- Odam bitta konfetgayam poraxo'r bo'lib qolarkanmi?!
- Ha! - koʻzini kitobdan uzmasdan boshqalarga sezdirmasdan javob berdi qizaloq.
- Xo'sh, agar pora bersam, nima ahvolga tushaman? - qiziqdim yana.

- Bizda pora bergan qo'ldan xuddi maymunnikiday jun oʻsib chiqadi. Keyin uni yuz marta qirsa ham, baribir, yo'qolmaydi. So'ng u odam umrining oxirigacha hammaga masxara boʻlib yuradi, birov bilan so'rasholmaydi. Hamma bilan ovqat-lana olmaydi. Nuqul qo'lini cho'ntagiga tiqib, chekka-chekkalarda kalamushday biqinib yuradi.

Xuddi hozir qo'limdan jun o'sib chiqadiganday xavfsirab, yana so'radim:

- Pora olgan qoʻlga-chi, unga nima bo'ladi?
- Pora olgan qoʻl esa xuddi o'rik qoqisiga o'xshab bujmayib qoladi, - davom etdi qizaloq. - Biz tomonda bitta shunaqa odam yashaydi, yoshi katta. Aytishlaricha, u oldin amaldor bo'lgan ekan. Yigitligida bir kampirdan bilmasdan pora olib qo'yib, qoʻli tirishib, judayam xunuk holga kelib qolibdi. Oʻsha odam doim qo'liga qo'lqop taqib yuradi...

BUVAMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook