Get Mystery Box with random crypto!

​​Balzakning mashhur iborasi hamisha o'rinlimas. Shaharda ham | «Аkademnashr» nashriyoti

​​Balzakning mashhur iborasi hamisha o'rinlimas. Shaharda ham daholar yetishadi.

Odamning qayerda tugʻilib, qayerda o'lishi muhim emas. Uning nima qila olgani muhim. Muhimi - iste'dod. To'g'ri, qishloqda samimiyat, tabiiylik kuchli. Shaharda fikr ustunlik qiladi. Ularning o'rtasidagi farq bor-yo'g'i shunda.

Men uchun qishloqda yashagan Folkner qanchalik zavq bersa, umrida shahardan boshqa yerda yashab ko'rmagan Kafka ham shunchalik zavq beradi. Men adiblarni shaharlik yoki qishloqlik deb boʻlishlariga, shu bo'lish orqali ulardan nimadir izlashlariga qarshiman.

Murod Muhammad Do'st hikoyalari qanchalik oʻzbekona bo'lsa, iste'dodli shahar yozuvchilarining hikoyalari ham shunchalik o'zbekona. Qodiriyni eslab qo'ya qolaylik. Ko'pincha yozuvchilarni hududiy bo'lib
muhokama qilishsa, hayron qolaman.

Bunaqa gap-soʻzlar, bunaqa tahlil nima beradi, shu bilan Amerika ochiladimi yoki tahlili chuqurlashadimi yoxud bular hammasi o'zimizning iste'dodimiz oqsayotganini bir-birimizga ag'darish uchun o'ylab topiladimi?

To'g'risi, aqlim yetmaydi. Bunaqa muhokamadan ko'ra M.M.Do'st bilan Qodiriy asarlarini birin-ketin mutolaa qilgan ma'qul.

KITOB BANDASI