Get Mystery Box with random crypto!

​​NAZAR ESHONQUL: SAYLANMA-II Ham tarix, ham kelajak. Nazar E | «Аkademnashr» nashriyoti

​​NAZAR ESHONQUL: SAYLANMA-II

Ham tarix, ham kelajak. Nazar Eshonqulning favqulodda muhim hodisa deb atashga arziydigan asari. "Lahad", boshqa nomi esa "Go‘ro‘g‘li yoxud hayot suvi". Sobiq kommunistik tuzumning chirkinliklari va inson atalmish mavjudlikka ko‘rsatgan zug‘umlari aks etgan roman. N. ismli shaxsning borliq ichra birdaniga yo‘q bo‘lib qolishi. Jamiyatdagi o‘z o‘rni, mavqei, uy-joyi, borinki barchasidan judo bo‘lishi. Kecha unga yaqin bo‘lgan insonlarning barchasi undan uzoqlashishi, sevgan qizi(o‘ynashi)ning tashlab ketishi, insonlar unga vahm ila boqishlari, oylar davomida ko‘rilgan chalkash tushlar, ahmoqona sud jarayonlaridan tortib to tergovchini izlab teshilgan kovushgacha. Barchasi birgina N.ning o‘limi haqida gazetaga noto‘g‘ri xabarning bosilishi oqibatida.

Xabar bosildi, rahbarlar esa uni tasdiqlashdi, ular biz adashibmiz uzr, deb o‘zlarini sharmanda qilisharmidi? Yo‘q. N. ni rostan ham o‘ldirib qo‘ya qolishadi, tamom. Bu nafaqat kechagi tarix va kutilayotgan kelajak hamdir.

Saylanmada ikkita roman ("Lahad", "Taqiq mevasi") va uchta qissa("Urush odamlari", "Tun panjaralari" va "Qora kitob") bor. Xuddi beshta mustaqil kitob o‘qigandekman, fikrlar chalkash, g‘oyalar esa bir postga sig‘maydi. Balki bu asarlarni sizdan qizg‘anayotgandirman, balki revyularini yozgim kelmayotgandir, bilmadim. Lekin bu kitoblarni o‘qishingiz kerak, o‘zbek ham, boshqasi ham.

Nurali Karimov

Kuzatib boring
: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter