Get Mystery Box with random crypto!

​​ JAN LAFONTEN: «BO‘RI BILAN QO‘ZICHOQ» O'zi she'riyatga u | «Аkademnashr» nashriyoti

​​ JAN LAFONTEN: «BO‘RI BILAN QO‘ZICHOQ»

O'zi she'riyatga uncha qiziqmas edim, lekin shu kitobni o'qidim-u she'riyatga qiziqishim ortdi. Ushbu kitobda avval aytib o'tganimdek juda ko'p ajoyib masallar she'riy tarzda bayon qilingan.

Men haligacha qayta qayta o'qiyapman, hattoki ba'zi masallarni, iboralarini yodlab ham oldim.

Lafonten o‘z masallarida halollik, haqgo‘ylik, odamiylik singari umuminsoniy mavzularni ko‘tarib chiqadi hamda hayotda uchraydigan ijtimoiy kamchiliklar va inson xulqidagi nuqsonlarni hajviy kulgi ostiga oladi.

She'riy masallarida o'ziga yarasha soddalik, o'z navbatida so'z kuchi va ma'nolarni mohirona yetkazib berilgan ekan. Lafontenga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Tarjima ham o'z navbatida a'lo darajada bo'libdi, xuddiki asli kabi biror katta o'zgartirish kiritilmagandek go'yo. Xullas, she'riyat va masal shaydolari, bu kitobni albatta o'qing...

Uning she'riy masallari juda ko'p holatlarda hozirgacha ertakka, multfilmga va yoki hikoyalarga aylantirilgan. Eng ajablanarlisi, siz bu kitobni o'qib ana shu multfilm yoki ertaklardan olmagan ibratni shu kitobdan olasiz. (Original baribir originalda :))

Kitobland blogi

@akademnashr