🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ KITOB HAQIDA KITOB To'ldirilgan 2-nashri Endi sizda «Qay | «Аkademnashr» nashriyoti

​​ KITOB HAQIDA KITOB

To'ldirilgan 2-nashri

Endi sizda «Qaysi kitobni o‘qisam ekan?» degan savolga o‘rin qolmaydi. Barcha savollaringizga mazkur «mutolaa ensiklipodeyasi»dan javob olasiz.

Kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, «Maqolalar» bo‘limidan muallifning gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari o‘rin olgan. «Tadqiqotlar» bo‘limida esa so‘rovnoma va tahliliy-surishtiruv materiallar keltirib o‘tilgan.

Kitobning ikkinchi nashri «Bolalarga qanday kitoblar yoqadi?», «Kitob yo‘li: ro‘yodan ro‘yobga», «Kitobxon bolalarga 8 tavsiya», «Nyu-York xalq kutubxonasi: asrning eng shov-shuvli kitoblari», «Guardian: XXI asrning eng yaxshi 100 ta kitobi» kabi maqolalar bilan to'ldirildi.

Muallifning Tohir Malik, Anvar qori Tursunov, Abror Muxtor Aliy kabi ziyoli insonlar bilan uyushtirgan intervyulari «Suhbatlar»da, «Ma’lumotlar»da bo‘lsa, muallif tomonidan tarjima qilingan maqola va ma’lumotlar tilga olingan.

Shuningdek, kitobda «Guardian: barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi», «Rossiyalik maktab bitiruvchilari o‘qib chiqishi shart bo‘lgan 100 ta kitob», «BBC: barcha davrlarning eng yaxshi 200 kitobi» va shu turdagi qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.

Muallif: Davronbek Tojialiyev
Hajmi: 272 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 30 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

Kuzatib boring @akademnashr | #qayta_nashr