Get Mystery Box with random crypto!

Tabiatda boʻshliq boʻlmaydi. U albatta nima bilandir toʻldiril | «Аkademnashr» nashriyoti

Tabiatda boʻshliq boʻlmaydi. U albatta nima bilandir toʻldiriladi. Qanchalik tan olmaslikka urinmayin, qanchalik qarshilik koʻrsatmayin, jon-jahdim bilan inkor etmayin, biroq baribir tabiat qonunlari qoshida ojizligimni gʻira-shira boʻlsa-da idrok etib turardim: ong – shuurni, tafakkurni birdaniga ikki tomonga yoʻnaltirib boʻlmaydi, ikki kemaga osilgan gʻarq boʻladi. Inchunun, yo ilm, yo moddiyat! Unisidan ellik, bunisidan ellik foiz olib yashab boʻlmaydi. Buning samarasi chala tugʻilgan bolaga oʻxshab qolishi haqiqatga yaqinroq. Inchunun, tirikchilik gʻuboriga toʻlgan miyani yarqiratib tozalab tashlamoq, uning yoʻnalishini oldinga oʻzanga qaytarmoq imkonim xorijidagi ish emasmi…

ABDUQAYUM YO‘LDOSH: PUANKARE

Muqova
: yumshoq
Narxi: 17 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

@akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter