🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

IDP IELTS hamkorlari Millenium IELTS Center va Bukhara Paradox | Alisher&Mukhammadali posts

IDP IELTS hamkorlari Millenium IELTS Center va Bukhara Paradox

Yoshlarga til o‘rganish uchun rag‘bat berish, ularni bilim olishga undash hamda professional rivojlanishlariga hissa qo‘shishda Millenium IELTS Center va Bukhara Paradox o‘quv markazi 2018-yildan buyon biz bilan faol ravishda hamkorlik qilib kelmoqda.

E‘tirof etish joizki, IDP IELTS ning viloyatlarda tashkil qilingan ilk imtihoni ushbu hamkorlarimiz ko‘magi bilan eng avval Buxoro shahrida o‘tkazilgan.

O‘zaro samarali hamkorligimiz davomida ilmga intilgan ko‘plab yoshlar ajoyib natijalarni ko‘rsatib ulgurdilar. Ushbu o‘quv markazlar hozirda o‘z ofislarida nomzodlarimizga IELTS imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tishga ham barcha sharoitlarni yaratib berishgan.

Mamlakatimizga ziyo ulashishga bel bog'lab, bilimli yoshlarga yaqindan yordamlashib kelayotgan Millenium IELTS Center va Bukhara Paradox o‘quv markazlari faoliyatiga zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Instagram | Facebook