Get Mystery Box with random crypto!

JANNAT VA DO‘ZAX DARVOZALARI! JANNAT. Jannat lug‘atda – | حب

JANNAT VA DO‘ZAX DARVOZALARI!


JANNAT.
Jannat lug‘atda – bog' ma’nosini bildiradi.

Shar’iy istelohda esa “Alloh taolo o‘zining buyruqlarini bajarib, fazlu marhamatiga sazovor bo‘lgan bandalari uchun tayyorlab qo‘ygan joy – jannat”, deb ataladi.

Jannatda Alloh taolo o‘zining solih bandalari uchun ko‘zlar ko‘rmagan, quloqlar eshitmagan noz-ne’matlarni tayyorlab qo‘ygandir.
Jannatiylarga beriladigan eng ulug‘ ne’mat Alloh taoloning jamolini ko‘rish hisoblanadi.

“Jannatlar sakkiz xil bo‘lib, ularning darvozalari ham sakkiztadir.

Jannatlar ushbu xil nomlar bilan nomlangan:
1. Darus salom;
2. Jannat ul-ma’vo;
3. Jannatun na’iym;
4. Jannatul xuld;
5. Jannatul firdavs;
6. Jannatul qaror;
7. Jannatu adn;
8. Vasila.

Jannatga vakil qilingan farishta “Rizvonu jannat” deb ataladi. Jannat hozirda yaratib qo‘yilgan bo‘lib, Allohga ma’lum bo‘lgan oliy makondadir.

JAHANNAM
Jahannam lug‘atda “do‘zax” ma’nosini bildiradi.

Shar’iy istelohda esa “Alloh taolo o‘zining buyruqlarini bajarmagan bandalari uchun tayyorlab qo‘ygan joy – jahannam”, deb ataladi.
Uning yetti darvozasi borligi haqida Alloh taolo “Hijr” surasining 44-oyatida xabar bergan:

لَهَا سَبۡعَةُ أَبۡوَٰبٖ لِّكُلِّ بَابٖ مِّنۡهُمۡ جُزۡءٞ مَّقۡسُومٌ (٤٤)

“Uning yetti darvozasi bo‘lib, har bir darvozaga ularning bir to‘dasi bo‘linur”.

Do‘zaxning darvozalari quyidagicha nomlanadi:
1. Hoviya.
2. Jahim.
3. Saqar.
4. Lazo.
5. Hutoma.
6. Sa’ir.
7. Jahannam.

Do‘zaxdagi azoblovchi farishta “Zaboniya” deb ataladi.

Do‘zax hozirda yaratib qo‘yilgan bo‘lib, u Alloh taologa ma’lum joydadir.
"Al-Fiqhul Akbar sharhi" kitobidan.

http://T.me/Allohga_Oshiqlarrr