Get Mystery Box with random crypto!

#info #ielts #recource IELTS uchun foydali internet-resur | American English Development in Uzbekistan

#info #ielts #recource

IELTS uchun foydali internet-resurslarning elektron mazillari:

elc.polyu.edu.hk — ushbu saytda IELTS savollari bilan tanishib, imtihonning har bir bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘plab foydali maslahatlar olish mumkin;

splendid-speaking.com — ushbu resursda testdan o‘tgan talabalar bilan suhbatlar jamlangan;

takeielts.britishcouncil.org — ushbu manba orqali «British Council» xalqaro tashkiloti dunyoning barcha mamlakatlarida IELTS imtihonlarini o‘tkazadi. Ushbu saytda juda ko‘p foydali maslahatlar va maʼlumotlar mavjud;

examenglish.com — IELTS imtihonidan oldin tayyorgarlikka yordam beradigan ko‘plab foydali testlar chop etiladigan veb-sayt. Barcha savollar imtihon topshiriqlari shaklida tuzilgan;

ielts.allearsenglish.com — imtihon bo‘yicha juda ko‘p foydali vazifalar mavjud;

examword.com — ushbu resurs nutq ko‘nikmalarini oshirish va so‘z boyligini rivojlantirishga mo‘ljallangan;

netlanguages.com — ushbu manba orqali bir nechta bepul imtihon sinovlaridan o‘tish mumkin;

ieltsforfree.com — bu yerda to‘liq yoki qisman sinov imtihonini topshirish mumkin;

examenglish.com — bu saytda nafaqat IELTS, balki TOEFL, TOEIC, CAE, FCE, KET, PET imtihonlariga ham tayyorgarlik ko‘rish mumkin;

itests.com — ushbu saytda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bepul sinov testlarini yechishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, veb-saytda imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha imkoniyatlaringizni chamalab olasiz;

ielts-exam.net — IELTS imtihonining barcha bosqichlari bo‘yicha zarur maʼlumotlar va tayyorgarlik uchun eng yirik sayt;

scribd.com — ushbu resursdan IELTS imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha skanerlangan kitoblarni topish mumkin.


Manba: O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi va Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi telegram kanali (uzbbenelux)

————————————————————————-
Каналга уланиш: @uzbbenelux

Follow us to know the best news: @uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы: @uzbbenelux
—————————————————————————