Get Mystery Box with random crypto!

Барса

Logo of telegram channel barsa — Барса Б
Topics from channel:
ماردون
Logo of telegram channel barsa — Барса
Topics from channel:
ماردون
Channel address: @barsa
Categories: Sport
Language: English
Country: Not set
Subscribers: 6
Description from channel

🇺🇿 www.fcb.uz saytining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
👇Ushbu kanalda:
📰tezkor xabarlar
📷ajoyib suratlar
📡o'yinlarning taqvimi
✔️Bizning sahifalar: @fcbuznews
💰Donat: https://tirikchilik.uz/fcbuz
📊 Ovoz: t.me/fcbuz?boost
🤖 Aloqa: @fcbuzrobot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 9

2024-03-21 15:14:09
Transfermarktda La Liga futbolchilarining narxlari elon qildindi.

Telegram | Instagram | FutbolAva
18.5K views❖ Ƭʜᴇɢʜᴏᴤᴛᴇᴍᴀɴᴇヅ , 12:14
Open / Comment
2024-03-19 10:59:33
[sport] | Raphinha “Napoli” hamda “Atletico Madrid”ga qarshi yaxshi o’yin ko’rsatib, Xavining ishonchini oqladi

Raphinha joriy mavsum o’ynagan 1,381 daqiqada 15 ta golda ishtirok etdi (5 gol 10 assist). U o’rtacha har 92 daqiqada golga hissasini qo’shyapti


Telegram | Instagram | FutbolAva
12.6K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  07:59
Open / Comment
2024-03-19 10:42:34
Joao Felix joriy mavsum LaLigada 6 ta gol urdi va ulardan 5 tasi “Barcelona”ga ochko olib keldi.

“Atletico” ga 2 ta gol va “Betis”ga urilgan gol g’alaba gollari edi. “Valencia”ga urilgan gol jamoaga durrang olib berdi. Umumiy holatda bu 13 ochko

Umumiy hisobda 34 o’yinda Felix 9 ta gol va 5 assist amalga oshirdi va “Atletico”ga o’tganidan keyin o’zining eng yaxshi mavsumini o’tkazishi mumkin. U Madridliklar safida 2020/21 mavsum 40 o’yinda 10 gol va 6 assist, va 2021/22 mavsumda 35 o’yinda 10 gol va 6 assist amalga oshirgan


Telegram | Instagram | FutbolAva
13.3K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  07:42
Open / Comment
2024-03-19 10:30:27
[BILD] | Amadou Onana “Barcelona”ga o’tmaydi.

Deco “Everton” tayanch yarim himoyachisi uchun 45 mln. euro taklif qildi, ammo Inglizlar 22 yoshli Belgiyalik uchun 60 mln. eurodan ko’proq so’ramoqda, bu esa Kataloniyaliklar uchun juda ham baland.

Ehtimol, “Barça” yana “Feyenoord”dagi Mats Wiffer variantiga qaytishi mumkin


Telegram | Instagram | FutbolAva
13.5K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  07:30
Open / Comment
2024-03-19 10:14:16
[sport] | Deco ushbu yozgi transferlarda futbolchi imzolash “Barcelona” uchun juda qiyin bo’lishini biladi, ammo klubning transferlar uchun maqsadlari bor.

– Joao Canceloni saqlab qolish;

– Yuqori sifatli tayanch yarim himoyachi;

– Kuchli dribling qobiliyatiga ega chap qanot vingeri


Telegram | Instagram | FutbolAva
14.0K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  07:14
Open / Comment
2024-03-19 09:58:01
Joao Cancelo: “Bir vaqtlar Pepe menga men “Real Madrid”ga mos futbolchi ekanimni aytgandi, ammo men unga: “Men “Barcelona” uchunman” deb javob bergandim. Men “Barça”da ekanimdan baxtiyorman. “Barcelona” – men doim o’ynashni orzu qilgan klub. Bu – “Benfica”dan keyin men har doim yaxshi ko’radigan klub.

Cristianoning terma jamoadagi o’rni? U muhim futbolchi va u Messi bilan 15 yil davomida Oltin To’p uchun kurashdi. Ammo futbolchining eng yorqin payti 25–32 yoshida bo’ladi

Portugaliya terma jamoasida o’ynash – har doim menga g’urur bag’ishlaydi. Umid qilamanki, EURO da qatnashaman, chunki avval unda biror marta ishtirok etmaganman. Men oxirgi turnirni koronavirus tufayli o’tkazib yuborgandim va shu sababli bu safar qatnashaman degan umiddaman. Men nomzodlar haqida gapirishni yoqtirmayman, chunki futbolda doim syurprizlar bo’lib turadi, ammo shuni ayta olamanki, bizda sifatli futbolchilar bor va har bir pozitsiyadagi futbolchilar har qanday jamoaga qarshi kurasha olishadi”
14.9K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), 06:58
Open / Comment
2024-03-19 09:42:06
[sport] | Xalqaro tanaffus tufayli hozir Xavining qarorgohida asosiy jamoaning 7 futbolchisi mashg’ulot o’tkazmoqda. Bular: Roberto, Roque, Inigo, Romeu, Peña, Alonso va Ferran. Seshanba va chorshanba kuni mashg’ulotlar bo’lib o’tadi, keyin 3 kunlik dam olish va yana mashg’ulotlarga qaytiladi. Dushanba kunidan terma jamoalarga ketganlar navbatma navbat qaytishi rejalashtirilgan

Telegram | Instagram | FutbolAva
14.7K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  06:42
Open / Comment
2024-03-19 09:22:11
Lamine Yamal: “Men bugun o’zim bilan terma jamoa qarorgohiga to’p bilan yaxshi muomala qila oladigan eng yaxshi uch himoyachilardan biri Pau Cubarsini olib boraman.

U juda yaxshi yigit, deyarli mening qo’shnim, chunki biz La Masiyada birga yashaganmiz. Yoqimtoy, kamtar, juda yaxshi yigit, juda yaxshi inson.

(Cubarsiga qarab) Rohatlan, 16 yoki 17 yoshda debyut qilish – har kuni bo’laveradigan narsa emas. Senda hammasi o’xshaydi, senga ishonaman.”


Telegram | Instagram | FutbolAva
15.5K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  06:22
Open / Comment
2024-03-19 09:10:11
Pau Cubarsi: “Men o’yinda xotirjamlikni saqlashni, to'p uzatishni va individuallikni ko'rsatishni va albatta o'zimni hech kim bilan solishtirmaslikni xohlayman. O'zimni boshqa futbolchining o'rniga qanday qo'yishni bilmayman. Men o'zim bo'lishni xohlayman va o'zimni hech kim bilan solishtirishni xohlamayman.

– Terma jamoadan chaqiruv olganingizni birinchi qayerdan bildingiz?

Cubarsi: “Biz mashg’ulotlarni tugattik va Chempionlar Ligasi qur’a tashlash marosimi bo’ladigan kun keldi. Biz kiyim almashtirish xonasida edik. Jismoniy murabbiy keldida, menga “Tabriklayman!” dedi. Keyin men biroz hayrom qoldim, chunki men qaydnoma chiqqanini bilmagandim, so’ng, bu xabarni tekshirganimdan keyin, hamma meni tabriklashni boshladi. Men juda hursand bo’ldim.“


Telegram | Instagram | FutbolAva
15.9K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  06:10
Open / Comment
2024-03-19 09:00:06
– Agar siz maydonga tushsangiz, Sergio Ramosning Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yosh himoyachi sifatidagi rekordini urasiz. Buni bilarmidingiz?

Pau Cubarsi: “Bu orzu bo’lardi. Agar men bu ko’rsatkichga erishib, men uchun o’rnak na’munalaridan biri bo’lgan Sergio Ramosdan o’zib keta olsam, juda ham hursand bo’lardim.”

– Siz o’rnak oladigan asosiy futbolchi kim?

Cubarsi: “Gerard Pique. Va Carles Puyol o’zining shaxsiyati tufayli”


Telegram | Instagram | FutbolAva
15.6K viewsFADOCH (Farhodjon Nurmetov), edited  06:00
Open / Comment