Get Mystery Box with random crypto!

27-29 may kunlari ayollar uchun birinchi Tumaris.HACK hakatoni | Beeline | NEWS

27-29 may kunlari ayollar uchun birinchi Tumaris.HACK hakatoni bo'lib o'tadi

Beeline Uzbekistan Digital-hamkor bo’lib, IT va raqamli mahsulotlarni yaratish sohasida tajriba va ilg‘or malaka almashish uchun ixtisoslashgan mutaxassislarni taklif qiladi.

Taklif etilgan ma'ruzachilar orasida VEON kompaniyalar guruhining Digital-mahsulotlar bo'yicha direktori Jorj Xeld ham bor

Jorj ma'lumotlarni qayta ishlash va uzatish, moliyaviy texnologiyalar, sun'iy intellektni joriy etish va mashinalarni o'rganish sohasida katta xalqaro tajribaga ega. U o‘z bilimlarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashadi va barcha savollarga javob beradi.

Turli vaqtlarda Jorj Xeld dunyoning ko'plab mamlakatlarida Digital mahsulotlarni joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan.
Xalqaro telekommunikatsiya bozorida bir qator yetakchi tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mukofotlangan.

на русском языке читайте в комментариях

#tumarishack #beelineuzbekistan