Get Mystery Box with random crypto!

Jorj ismli shaxs NASA'da 'hidlovchi' bo'lib ishlashini bilasiz | BO'LADIMI? | IT Blog

Jorj ismli shaxs NASA'da "hidlovchi" bo'lib ishlashini bilasizmi?

Jorj Aldrich kosmik sayohatlar yoki transport vositalarini qurish bo'yicha mutaxassis emas, ammo u NASAdagi eng muhim vazifalardan birini bajaradi, ya'ni u kosmosga uchiriladigan hamma narsani hidlab ko'radi.

"Nostril-damus" nomi bilan ham tanilgan usta kosmik kemada joylashtirilgan narsalarni shunchaki hidlash orqali yuzlab astronavtlarni himoya qiladi. Aldrich hamma narsani hidlaydi, hattoki boshqalar jirkanch deb biladigan narsalarni ham. Bu yo'l orqali kosmonovtlar zaharlanishini oldini olish mumkin.

Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi