🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

'Cambridge Coding Festival' Xakatonidan gapiramiz Millat Um | Cambridge International University

"Cambridge Coding Festival" Xakatonidan gapiramiz

Millat Umidi jamg'armasi va IT Park tomonidan tashkil etilgan ushbu Xakatonda 60 dan oshiq jamoalar o'zlarining dasturlashga oid loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Jamoalarga qo'yilgan asosiy vazifa — Jamiyatdagi, Iqtisodiyotdagi muammolarga "IT yechim" berish

Festivalning so'ngi 3-kunida, g'oliblar 5 kishidan iborat hakamlar tomonidan aniqlandi. Unga ko'ra:

1-o'rin — Phoenix jamoasi — 50 million so'm;
2-o'rin — Search Busters jamoasi — 30 million so'm;
3-o'rin — BBC - second team jamoasi — 20 million so'm

Bundan tashqari, Xakatonning eng faol va eng yaxshi 3 nafar ayol ishtirokchilari "Green White Solutions" kompaniyasi tomonidan 10 million so'mdan pul sovrini bilan taqdirlanishdi.

Xakatonda tashkiliy ishlar uchun CIU talabalariga minnatdorchilik bildiramiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube