Get Mystery Box with random crypto!

1-Oktabrda bo'lib o'tgan 'Orientation Day' tadbiri qanday o'td | Cambridge International University

1-Oktabrda bo'lib o'tgan "Orientation Day" tadbiri qanday o'tdi?

CIU talabasiga aylangan barcha talabalar ushbu kunda eng kerakli ma'lumotlar, qiziqarli va motivatsiyaga boy fikrlarga ega bo'lishdi.

Ushbu tadbirda CIU asoschisi Umidjon Ishmukhamedov hamda universitet o'qituvchi va hodimlari yil davomida talablarni nimalar kutayotgani, ta'lim olish va networking qurish uchun qanday imkoniyatlar yaratilganligi haqida ma'lumot berishdi.

Ko'rib turganingizdek, 4 toifadagi:
• Top Student
• Academic Excellence
• Social Media Star
• Millat Umidi
grantlari 100 ga yaqin talabalarimizga topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan har bir talabaga CIU ma'muriyati tomonidan maxsus sovg'alar topshirildi.

Yuqoridagi rasmlar orqali "Orientation Day" - Tanishuv Kuni tadbiri qanchalik ajoyib va quvnoq o'tganini bilib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
+998712000306 | @ciu_staff

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube