Get Mystery Box with random crypto!

MASLAHAT Do'stim, bo'libsan ma'yus, Shungachami irodang? Onan | Master English Academy

MASLAHAT

Do'stim, bo'libsan ma'yus,
Shungachami irodang?
Onang ishonar hanuz,
Umid-la boqar otang.

Kimlar ne desa, desin
Hali quchasan zafar.
Ko'p nolima, o'kinma
Qoqilibsan bir safar.

Asli kulgin, xursand bo'l
Qara, ochildi ko'zing.
O'yla, tanla, to'g'ri yo'l
Ma'nolidir har so'zing.

Tun bo'lmasa chiqmas kun,
Har ishda bor bir xayr.
Sen aslo bo'lma mahzun,
Dilingdan g'amni ayir.

InshaAlloh deysan-u
Insho etmasmu Alloh.
Maqsadingda sobit tur,
Yaratgan bo'lar panoh.

Qalbga joyla zikringni,
Ilmga mehringni ber.
O'zing boshqar fikringni,
Har kuningdan hikmat ter.

E'zoza Hosiljonova

Òquvchimiz tomonidan talablarimizga binoan bitilgan she'r. Sizga tashakkur
@chustmaster