Get Mystery Box with random crypto!

Mmmm... Bu uzun hikoya sabri yetgan o'qisin) 1 yilga yaqin ing | Master English Academy

Mmmm... Bu uzun hikoya sabri yetgan o'qisin)
1 yilga yaqin ingliz tilini boshqa joyda o'qiganman. Keyin o'qituvchim man o'qiyatgan guruh "passiv" ligi uchun tarqatvorganla "haydalganlar" ichida manam boridim. U payt hozirgiga nisbatan ancha uyatchang edim bilgan narsamniyam gapirolmasdim. Nutq manda umuman yoq deb o'ylardim... Xullas yangi kurs qidirishni boshladim hamma shu Master Englishni va yana 2-3 ta ustozlani taklif qilishdi. To'g'risi ko'ynim negadir 1- bo'lib Baxodirxon Ustozga borishni xoxlagan. Bordim, ko'rdim, boshladim. O'qishimmi shu yerda davom ettirdim. Sentabr (07.09.2021) dan beri shu yerda o'qiyman. Vaqt qanaqa qilib o'tganini sezmay qoldim. Master Englishda o'qiydiganla biladi U yer bizga qanaqa muqaddasligini yaqinda shu yerni bitirib ketishimmi o'ylasam yuragim orqaga tortib ketadi, yig'lagilarim keladi. O'zi ustozni 1-2 kun ko'rmasam sog'inib qolaman. Ustoz bilan o'quvchini bir-biri o'rtasida qanaqa munosabat bo'lishi kerakligini shu yerda o'rgandim. Agar o'qiyatgan kolejimga bormasam na ustoarimmi, na sinfdoshlarimmi sog'inaman. Lekin Masterdagilani sog'inaman. Qarangaa bittagina USTOZ qanaqa darajada insonlarga ta'sir o'tqizyapti. Juda mushkul ish emasmi?

Har bitta o'quvchini ismidan tortib butun hayotini sorasa bitta- bitta aytib beradila. A bilimlari har tomonlama, faqat ingliz tilimas. Xoxlagan yo'nalishda bellashsa bo'ladi, xoxlagan savolga javob bor. Hayot yo'llari juda qiziq va albatta ibratli. Ustozdaqa insonni hali ko'rmaganman... Yozuvchi bo'ganimda shu insonni hayotlarini yozardim)

Keganimdan beri qobilyatlarimni ochyabman, tepada aytganimday umuman nutqim yoq deb o'ylardim, lekin qisa bo'ladigan ish ekan. Umrimda qo'shiq aytib ko'rmaganman, MasterTalksda aytdim. 1 yildan beri kompyuter yo'nalishida o'qiyman kolejda, lekin PowerPointni eeeendi leksiya tayyorlash uchun o'rgandim. Eehhh aytsam gap ko'p. Imkonim bosa Master Englishdan, Ustozni yonlaridan ketmasdim...

Endi aytingchi nega Master Englishni tanlamay?