🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’ | DANIEL'S ACADEMY| LEADERS FOR TOMORROW|

2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid KARIMOV O‘zA muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

2021/2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratiladi.

Bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi.

Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018 yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020 yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi.

Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi, deydi DTM rahbari Majid Karimov.