Get Mystery Box with random crypto!

Anchadan beri o'ylab yurgan postmni yozishga qaror qildim. Men | ***

Anchadan beri o'ylab yurgan postmni yozishga qaror qildim. Menimcha bu ancha qizlarga foyda keltiradi.

Biz hozir yashayotgan yurtimizda barcha imkoniyat sharoitlar keragidan ham ko'p. Yurtimiz bizni doim qo'llab quvvatlayapti. Bilim olish uchun biror to'siq yo'q. Imthon topshiring o'qing o'rganing tamom. Men ko'p eshitaman, o'zimga ham ba'zilar aytadi)
Qiz bolaga o'qib nima kerak? Erga tegsang bo'maydimi? Va hakazolar...
Hozir sekin asta atrofingizga qarang, o'qimagan yoki qo'lida biror hunari yo'q qizlarning hayoti havas qilarli emas. Ya'ni hozirgi kunda to'kis hayot kechirish uchun oila budjeti ancha yaxshi bo'lishi kerak. O'qimishli qizlardan o'qimishli onalar shakllanadi. O'qimishli onalardan esa o'qimishli yosh avlod yetishib chiqadi. Oila bu zanjir. Ya'ni nima bo'lgan taqdirda ham bilim olishdan chekinmaslik kerak. Ertangi kunda istagan kiyimingizni sotib olishga qurbingiz yetadigan darajada bilimingiz bo'lsin. Istalgan mamlakatga sayohat qilishga kuchingiz yetadigan darajada moliyaviy ahvolingiz bo'lsin. Agarda hozir nimagadir erishmasak, keyin afsuslanishimiz aniq. 20 ga 22 kirding degani bu bo'ldi endi xech nimaga erishmaysan degani emas. Imkoniyatlar har doim bor va bo'lgan. Xech qachon inson o'ziga past baho bermasligi kerak. Bugun Bakalavr darajasiga erishdingizmi oldinda, Magistrlik kutyapti, undan keyin yana bosqichma bosqich bilim olishni davom ettirish va kelajakda yetuk kadr bo'lib barchaga foydangiz tegishi mumkinligi haqida o'ylang. Yaxshi orasta ayol bo'lish yaxshi, ammo jamiyatda o'rnini topgan bo'lsa undan ham a'lo.
Vaqtingiz va salohiyatingizdan unumli foydalaning. Kitob o'qing ko'proq o'qing. Badiiy ilmiy barcha barchasini o'qing. Siz uddalaysiz, eplaysiz. Men ishonaman. Men uchinchi marotaba hujjat topshirganimda universitetga qabul qilinganman. 3yil orzu qilib yashaganman, hatto eng yomon kunlarimda ham nimadir o'rganganlarim esimda. Maqsadim baribr o'qish edi, barchani gap so'zlarini bir chetga surib faqat o'zim uchun harakat qildim. Sababi bu hayotda orzusi yo'q inson eng kambag'al inson men uchun. Boshqalarni hayoti bilan yashaydiganlarga rahmim keladi. O'qigan har bir satringiz miyyangizda qoladi, uni xech kim xech qachon sizdan tortib ola olmaydi. O'qing o'qing va yana o'qing. Yaxshi ona bo'lish uchun yaxshi ayol bo'lish uchun yaxshi kadr bo'lish uchun ham o'qish kerak. Men kelajakda yaxshi hayot qurish uchun ham bilim va aqlning naqadar kerakligini bilaman. Sababi insonlar aqlli insonlarga doim muhtoj. Sizni tinglaydigan 1ta inson szni tushunmaydigan 10ta insondan ancha qadrli. Yana kimdadir qo'shimcha fikrlar bo'lsa kutaman


@diaryfarangiz
@dardkashingizbulay