🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

20-dars. Present and past tenses O'tgan darslarda kelgan shu | Davlatjon Uz | Rasmiy Blog

20-dars. Present and past tenses

O'tgan darslarda kelgan shu mavzudagi qoidalarni takrorlab, bir biridan ajratib olishimiz kerak bo'ladi.
Present continius - davomli hozirgi zamon.
Past continius - davomli o'tgan zamon.
Ikkalasida ham harakat so'zlariga "ing" qo'shiladi. Egadan so'ng present continiusda am/is/are, past continiusda was/were, ya'ni "To be" qo'yiladi.
Bir ish sodir bo'lgan, lekin uni kim qilgani noma'lum. Yoki gapda unga ishora qilinmagan. Bu holat passiv deb atalib, u ikkiga bo'linadi:
1. Present passive - hozirda ham davom etayotgan ish.
The room is cleaned every day - Bu xona har kuni tozalanadi.
Kim tozalashi noma'lum, lekin hozirda ham tozalanadi.
2. Past passive - o'tgan zamonda qolib ketgan ish.
The room was cleaned yesterday - Bu xona kecha tozalangan.
Ikkala passive'ga ham "To be" qo'yiladi, doimgidek presentga am/is/are, pastga was/were. Ikkalasida ham to'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi, noto'g'ri fe'llar 3-formatda yoziladi.
Agar ish bajaruvchiga ishora bor bo'lsa, "passive" emas, "active" bo'ladi, "To be" qo'yilmaydi.
Somebody cleaned the room yesterday - Bu xonani kecha kimdir tozaladi. [active]
Have/has + past participle = present perfect.
Present perfect - ish o'tgan zamonda sodir bo'lganini biz hozir ko'rib turgan holat. Buni have/has bilan ifoda qilamiz.
I have cleaned my room - Men xonamni tozaladim.
Biz tozalayotganini ko'rmadik, lekin tozalangan xonani ko'rib turibmiz. Mana shu holat "present perfect" bo'ladi. Bunda "To be" qo'yilmaydi, to'g'ri fe'lga "ed" qo'yiladi, noto'g'ri fe'l 3-formatda yoziladi.
Present simple - oddiy hozirgi zamon. Savol berishda do/does, inkor qilishda don't/doesn't ishlatiladi.
Past simple - oddiy o'tgan zamon. Savol berishda did, inkor qilishda didn't ishlatiladi. To'g'ri fe'lga "ed" qo'yiladi, no'to'g'ri fe'l 2-formatda yoziladi. Did/didn't ishlatilganda "ed" qo'yilmaydi, noto'g'ri fe'l 1-formatda yoziladi.



Share and join us
@Davlatjon_Uz