🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

22-dars. What/Which Narsalarni rangi, razmeri, sana va soat v | Davlatjon Uz | Rasmiy Blog

22-dars. What/Which

Narsalarni rangi, razmeri, sana va soat vaqtlari, poytaxtlarga o'xshash (tanlash varianti yo'q) bitta bo'ladigan narsalar, nima qilyapdi, nimani yoqtiradi, nima bo'lyapdi, nomi nima, nomeri nechchi kabi so'roqlarda "What" ishlatiladi.
What colour is your car? - Sizning mashinangiz rangi qanaqa?
What size is this shirt? - Bu ko'ylakning razmeri qanaqa?
What time is it? - Soat nechchi bo'ldi?
What is your telephone number? - Sizning telefon nomeringiz nechchi?
What kind of music do you like? - Siz qanaqa musiqani yoqtirasiz?
What is the capital of Uzbekistan? - O'zbekiston poytaxti qayer?
Tanlash imkoni bor holatlarda "Which" ishlatiladi. Bu bilan savol berilganda bir nechta javob varianti bo'lishi kerak.
There are four umbrellas here. Which is yours? - U yerda to'rtta soyabon turibdi. Qaysi biri sizniki?
Which is bigger - Canada or Australia? - Qaysi biri katta, Kanada yoki Avstraliya?
Agar variantlar odam bo'lsa "Which" o'rnida "Who" ishlatiladi.
Who is taller - Bobur or Akmal? - Qaysi biri uzun, Bobur yoki Akmal?



Share and join us
@Davlatjon_Uz