🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

26-dars. To/ing Ba'zi so'zlardan so'ng doim 'to' qo'yiladi, b | Davlatjon Uz | Rasmiy Blog

26-dars. To/ing

Ba'zi so'zlardan so'ng doim "to" qo'yiladi, ba'zan "to" qo'ymasdan harakat so'ziga "ing" qo'shiladi. Ba'zi so'zlardan so'ng to/ing dan qaysi birini qo'ysa ham bo'laveradi.

Quyidagi so'zlardan keyin "to" qo'yiladi va undan keyin kelgan harakat so'ziga ing qo'shilmaydi:

want - xohlamoq
need - ehtiyoj
plan - reja
decide - qaror qilmoq, hal etmoq
offer - taklif, taqdim
refuse - 1. voz kechish 2. chiqindi
hope - umid
expect - kutmoq
promise - va'da
try - urinmoq
forget - unutmoq
learn - o'rganmoq
What do you want to do this evening? - Siz kechqurun nima qilishni xohlaysiz?
"Want doing" deyilmaydi.

Quyidagi so'zlardan so'ng "to" qo'yilmaydi, ulardan keyingi harakat so'ziga "ing" qo'shiladi:

like - yoqtirmoq
enjoy - bahra olmoq
love - sevmoq
hate - yomon ko'rmoq
suggest - taklif
mind - 1. aql, fikr 2. qarshi fikr
stop - to'xtamoq
finish - tugamoq.
Do you like driving? - Siz mashina haydashni yoqtirasizmi?
"Do you like to drive" deyish noto'g'ri.

Agar gapda "would" qatnashsa like, love, hate, prefer so'zlaridan keyin ham faqat to qo'yiladi, keyingi harakat so'ziga "ing" qo'shilmaydi.
Would you like to sit down? - Siz o'tirishni xohlaysizmi?
Quyidagi so'zlarda to/ing dan qaysi birini qo'ysa ham bo'laveradi:

start - boshlanish
begin - ishga kirishmiq
continue - davom etmoq
prefer - ma'qullamoq
I prefer travelling by car - Men mashinada sayohat qilishni ma'qul ko'raman.
"I prefer to travel by car" desa ham to'g'ri bo'ladi.



Share and join us
@Davlatjon_Uz