🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​'Qaysi kasbni tanlashingiz emas, tanlagan sohangizda mukamma | English dictionary

​​"Qaysi kasbni tanlashingiz emas, tanlagan sohangizda mukammal bo'lishingiz muhimroq" - Passportidan oldin talabalik guvohnomasini olgan yigit bilan suhbat

Yoshlarga
chinakam motivatsiya bera oladigan va namuna bo'lsa arzigulik hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan interaktiv ko'rsatuvlardan biri — "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi 10-sonini qarshi oling!

Xalqaro toifadagi iqtisodchi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti hamda Avstriya IMC Krems Universiteti o'qituvchisi, "Patronlar ligasi" klubi asoschilaridan biri bo'lgan Muhammad Ali Eshonqulov intervyu davomida inson salohiyati aslida qanchalik kuchli, ishdagi professionallik, OTMlarimizdagi ahvol, dalada qo'y boqib yurgan Elon Musk, Stiv Jobslar, Harvard universiteti talabalariga nega havas qilamiz, hayotda oliy maqsad qanday qo'yilishi kerak, kabi mavzularda shaxsiy fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

Barchamizni premyeradan ancha oldinroq qisqa videoroliklar orqali allaqachon ta'sirlantirib ulgurgan, eng ko'p so'ralgan va kutilgan intervyuni siz azizlarga taqdim qilishdan baxtiyormiz!

Intervyuni to'liq ko'rish orqali maxsus sovg'ani qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ling!

Suhbat premyerasi bugun soat 20:30 da bo'lib o'tadi.

Havola
: