Get Mystery Box with random crypto!

3. Molyusklardan juda yaxshi uy hayvonlari chiqadi Akvarium b | #DIQQAT_SAVOL | Vizitka

3. Molyusklardan juda yaxshi uy hayvonlari chiqadi

Akvarium baliqlarining haqiqiy shinavandalari baliqlarning akvariumda bir o’zlari bo’lishi tez joniga tegishini biladilar. Baxtimizga boshqa suv hayvonlarini ham akvariumda boqish mumkin. Yorqin qizil rangdan tortib to moviy ranggacha bo’lgan 20 dan ortiq turdagi krivetkalar akvariumda yashashlari mumkin. Ularning ba’zilarining uzunligi 6 santimetrgacha yetadi. Yaponiyalik mutaxassis Takashi Amano krivetkalar akvariumga somlar kabi foydali ekanini, hamda ular o’simliklarni zarali suvo’tlaridan tozalashlarini ta’kidlab o’tgan. Shu bilan birga suvni tozalash uchun midiyalarni yoki turli rangli ikkiyoqli molyuskalarni olish mumkin, ularning rakushkalari 10 santimetr uzunlikka yetishi mumkin. Va nihoyat sun’iy dengiz effektini yaratish uchun avstraliya moviy rang lobster ideal to’g’ri keladi. Lekin ehtiyot bo’ling: uning tirnoqlari mayda baliqlar uchun havfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun uni faqat kata baliqli katta akvariumlarga joylashtirish mumkin