🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Qadrlang.. Yaqinlaringizni, sizga berilayotgan ne'matlarni ha | Dove_pg

Qadrlang..

Yaqinlaringizni, sizga berilayotgan ne'matlarni har birini qadrlang va hamd ayting..)

Bir kuni ulardan ajralib qolganingizda, yoki ulardan uzoqqa ketganingizda ularni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni va nega endi avval ko‘proq ular bilan birga vaqt o‘tkazmaganligingizni o‘ylab afsus qilasiz. Shuning uchun siz bilan yonma-yon yurgan har bir insonni, ota-onangiz, jigarlaringiz, birodarlarni har birini qadrlang. Ketganlari mayli ketaversin. Muhimi, sizdan ularga yaxshi xotira qolsin.

Ne'matlarni ko‘pligini qarang, nafas olish, yurish, ko‘rish, yozish, mustaqil ravishda harakatlana olish... Sanab tugata olmaymiz. Evazsiz sizga shu ne'matlarni taqdim etgan Robbimga hamd ayting..)