🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Saxovatni gʻishtdan oʻrgandim...! – Saxiylikni kimdan o'rgand | Dove_pg

Saxovatni gʻishtdan oʻrgandim...!

– Saxiylikni kimdan o'rganding, – deb so'radilar Xotam Toyidan.
– G'ishtdan o'rgandim, – deya javob qildi.
– Xech zamonda g'ishtdan ham bir narsa o'rganib bo'larkanmi?

– Odamlarning qator turib bir-biriga g'isht uzatganlarini ko'rganmisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o'zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo'limdagi g'ishtni uzatsamgina menga g'isht uzatishdi. Uzatmay, qo'lda tutib
tursam, g'isht kelishi ham to'xtadi.

Hayol qildim deydi Xotam toyi: Demak, mol-dunyo ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o'n keladi, baxillik qilsang, boridan ham baraka ketadi...!

@Dove_pg