Get Mystery Box with random crypto!

​Kembridj Universiteti rasman e'lon qilgan tadqiqot natijalari | IELTS DOWNTOWN

​Kembridj Universiteti rasman e'lon qilgan tadqiqot natijalariga ko'ra:

Voyaga yetgan kattalar ingliz tilini Advanced (C1) darajasida o'rganishi uchun o'rtacha 890 soat davomida darslarda qatnashishi kerak. Va yana shuncha soat mustaqil vazifalarni bajarishi lozim.

Agar siz haftada 5 marta 2 soatli darslarga qatnashganingizda va 5 marta 2 soatli mustaqil vazifalarni bajarganingizda IELTS 0 dan 7+ gacha 63 haftada yoki 16 oyda chiqishingiz mumkin.

Tadqiqot faqat eng yaxshi muhitni hisobga olgan. Ya'ni o'rganuvchilar mantig'i, ustozlar darajasi, darsliklar va sinfdagi jihozlar ideal darajada yaxshi bo'lgan.

Toshkent muhitidagi til o'rganishdagi eng katta xatolardan biri bu, o'quvchilarning tezkor kurslarga uchib pulini, vaqtini havoga sovurishidadir. Eng yomoni kutilgan natija chiqmagach ishtiyoq o'ladi, yoki qolib ketgan mayda chuyda kamchiliklarni kelajakda tuzatib bo'lmay qoladi.

Maslahatimiz, sabr qiling, va mehnatingiz bilan haqiqy natijaga erishing. Reklamaga uchib kimningdir biznesini yuritish uchun benzin bo'lmang. Bilimli ustozlar, yaxshi o'quv markazlari bor! Ularni izlab toping. Agar uzoq o'qitadi degan joydan qo'l siltab ketadigan bo'lsangiz o'ziga o'zi zarar yetkazadigan Shoqosim bo'lasiz. Aksincha 3 oyda 7+ garantiya deydigan joyda bilingki nimadir "neto". Loxozavr bo'lish xavfi bor.

Kembridj biz bilgan eng zo'r Ingliz tili sohasi mutaxassisi. (IELTS ham shuning uchun xalqaro darajda tan olinadi!) Ular intesiv kurslar bilan 16 oy deyaptimi (!) demak bu raqamlarni havodan olmaganini tushuning. Agar bundan tezroq yo'llari bo'lganda allaqachon shu universitet bu yo'lni tatbiq qilar edi. Inson miyyasi o'n minglab yillardan beri o'zgarmagan, shunchaki qandaydir super puper strategiya bilan uning eslab qolish va o'rganish qobiliyatini 5 baravar oshirolmaysan, Karl.

Shunchaki qunt va sabr bilan o'qi, shu sening yagona 7.0+ yo'ling. Mehnating bilan olingan natijadan shirinrog'i bo'lmaydi!

Do'stlaringizga ham ulashing!

Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun obuna bo'ling!

Telegram YouTube Instagram